Prinsiplari hamda qadimgi zamon tarixi manbalari


Tarixiy  manbalarni  aniqlash,  tanlash  va  tahlil  etish


Download 347.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana05.01.2022
Hajmi347.22 Kb.
#213826
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
1-Мавзу баёни

Tarixiy  manbalarni  aniqlash,  tanlash  va  tahlil  etish.  Tarixiy  manbani  aniqlash, 

tanlash  va  nihoyat,  uni  ilmiy  tahlil  qilish  har  qanday  ilmiy  tadqiqotning,  uning  katta-

kichikligidan  qat’i  nazar,  dastlabki  bosqichi  hisoblanadi.  Tadqiq  etilmoqchi  bo’lgan 

masalaning talqin etilishi, ilmiy jihatdan to’g’ri hal etilishi ko’p jihatdan har qanday ilmiy 

ishning  poydevorini  tashkil  etadigan  manbaning  sifat  va  salmog’iga,  ya’ni  to’laligi  va 

ma’lumotlarga boyligiga bog’liqdir. Yana shuni ham esda tutish lozimki, aniq biron ilmiy 

masalani tadqiq etishda bir emas, balki bir necha asarga, qolaversa turli xildagi manbalar 

(rasmiy hujjatlar, solnomalar, geo-kosmografik va biografik asarlar) ga tayanmoq zarur. 

Bularning qay biri asosiy, qaysinisi yordamchi rol o’ynashi esa tadqiq etilmish masalaning 

mavzui  va  xarakteriga  bog’liqdir.  Masalan,  ijtimoiy-iqtisodiy  masalalarni  o’rganishda 

rasmiy hujjatlar asosiy manba rolini o’ynaydigan bo’lsa, siyosiy hamda madaniy hayotni 

yoritib berishda solnomalar (tarixiy asarlar) va biofafik hamda adabiy asarlar birinchi o’rinda 

turadi. Lekin shunga qaramay, ilmiy tadqiqot olib borishda faqat asosiy hisoblangan manba 

bilangina  kifoyalanib  qolmay,  ikkinchi  darajali  manbalarni  ham  jalb  etmoqlozim. 

Qo’lyozma asarlar ustida olib borilgan ko’p yillik izlanishlar shuni ko’rsatdiki, ba’zi tarixiy 

asarlar  ijtimoiy-iqtisodiy  masalalar  hamda  madaniy  hayotga  oid  qimmatli  daliliy 

ma’lumotga ham boydir, rasmiy xujjatlar va biofafik asarlarda esa siyosiy tarixga oid 

kimmatli daliliylarni, tarixiy asarlarda yo’q dalillarni uchratish mumkin.  

Shunday qilib, ilmiy ishda ko’p va turli xildagi manbalarga tayanib ish ko’rish. tadqiq 



etilmish masalaga oid barcha manbalarni tadqiq etilayotgan ishga jalb etish bo’lajak ilmiy 

asarning qimmatiga kafolatdir. 

Belgilangan biron mavzuga teishli manbalar tanlab olingandan keyin, ularning har 

biri, tashqi va ichki belgilariga ko’ra, ilmiy tahlil etilishi zarur.  




Download 347.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling