Prinsiplari hamda qadimgi zamon tarixi manbalari
-masala. Manbashunoslikning mavzui va vazifalari
Download 347.22 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Мавзу баёни
1-masala. Manbashunoslikning mavzui va vazifalari. Manbashunoslik tarix fanining
asosiy va muhim tarmoqlaridan bo’lib, turli (moddiy—ashyoviy, etnografik, yozma va b.q.) manbalarni o’rganish hamda ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini o’rganadi. Tarixiy manba nima? Tarixiy manba deganda uzoq o’tmishdan qolgan, insoniyatning tabiat va jamiyatning ma’lum taraqqiyot bosqichidagi kechmishini o’zida aks ettirgan moddiy (ashyoviy) va ma’naviy yodgorliklarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklar turkumiga ko’hna manzilgoh va mozorlar, shaharlar, qasrlar hamda qal’alarning xarobalari, o’sha joylardan topilgan ishlab chiqarish va urush qurollari, uy- ro’zg’or hamda zeb-ziynat buyumlari, qadimiy sug’orish inshootlarining qoldiqlari, oltin, kumush va mis tangalar, shuningdek, ibtidoiy odamlar va hayvonlarning qoya toshlarga o’yib ishlangan suratlari, umuman tosh va boshqa qattiq buyumlardagi yozuvlar kiradi. Ma’naviy yodgorliklar turkumiga esa uzoq o’tmishdan qolgan qo’lyozma asarlar hamda odamlarning turmushi va urf-odatlarini o’zida aks ettiruvchi materiallar, shuningdek, kishilar ongida saqlanib qolgan urf-odat va an’analar kiradi. Xullas, tabiat va jamiyatning kechmishi bilan bog’liq bo’lgan har bir narsa tarixiy manba bo’lishi mumkin. Tabiat va jamiyat esa ma’lumki bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Tarixiy manbalar inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo’lgan. U ijtimoiy hayotning hamma tomonlarini, bo’lib o’tgan voqyealarni o’zida aks ettiradi. Shuning uchun tarixiy manbalarsiz qadimiy odamlarning turmushi va ijgimoiy faoliyati qay tarzda kechganligini bilib va o’rganib bo’lmaydi. Manbalar ustida ish olib borganda shuni ham esda tutish zarurki, har bir tarixiy davrning o’ziga xos xususiyati bo’lib, u avvalo ijtimoiy-siyosiy tuzumning tabiati, ishlab chiqarish usullari, o’sha davrda mavjud bo’lgan moddiy madaniyat va nihoyat, yozuv texnikasining umumiy darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, ba’zi davrlarda fan va madaniyat jamiyatning moddiy taraqqiyotidan birmuncha ilgarilab ketishi, yoki orqada qolishi ham mumkin. Bu holni biz qadimiy Xorazm va Baqtriya madaniyati, O’zbekiston
xalqlarining X va XV asrlardagi madaniyati yuksalishi misolida ko’rishimiz mumkin. Manbashunoslarning vazifalariga kelsak, tarixiy manbalarni topish, ularni turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish, manbada o’z aksini topgan yoki bayon etilgan voqyealar, keltirilgandalillarning to’la va haqqoniyligini aniqlash ularning asosiy vazifasi hisoblanadi. Tarixiy manbalarni, ularning umumiy tabiati, o’tmishni o’zida aks ettirishiga qarab, quyidagi besh asosiy turkumga bo’lish mumkin. Download 347.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling