Prinsiplari hamda qadimgi zamon tarixi manbalari


   Lingvistik  manbalar


Download 347.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana05.01.2022
Hajmi347.22 Kb.
#213826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Мавзу баёни

3. 

 Lingvistik  manbalar.  Tilimizda,  aniqrog’i  uning  leksik  tarkibida  uzoq 

o’tmishdan qolgan, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’muriy va huquqiy atamalar: xiroj (o’rta asrlarda 

aholidan  olinadigan  daromad  solig’i),  ushr  (soliq  turlaridan;  daromadning  o’ndan  bir 

qismini  tashkil  qilgan),  zakot  (chorva  va  ko’chmas  mol-mulqdan  yiliga  bir  marta 

olinadigan jarima; molning qirqdan bir qismini tashkil etgan), suyurg’ol (shahzodalar 

va yirik amirlarga toju taxt oldida ko’rsatgan katta xizmatlari uchun berilgan yer-suv, 

mol-mulk),  tansuqot  (kamyob,  e’tiborga  molik  buyum,  mato;  podshohlar,  xonlar  va 

mo’tabar kishilarga qilinadigan tuhfa), cherik (qo’shin), qorovul (qo’shinning old va yon 

tomonlarida  boradigan  maxsus  harbiy  bo’linma),  halifa  (Muhammad  payg’ambarning 

o’rinbosari,  o’rta  asrlarda  arab  musulmon  mamlakatlarida  katta  yer  egaligi 

davlatining boshlig’i), mirishkor (to’g’rirog’i — miri shikor, podshoh va xonlarning 

ov qushlari va hayvonlarini tasarruf etuvchi mansabdor; ov mutasaddisi), mirob (suv 

taqsimoti  bilan  shug’ullanuvchi  mansabdor),  qozi  (shariat  asosida  ish  yurituvchi 

hakam),  yorliq  (o’rta  asrlarda  oliy  hukmdor  tarafidan  beriladigan  rasmiy  hujjat; 




farmon), vaqfnoma (yer-suv yoki daromadning ma’lum qismini masjid, madrasa va 

mozorlarga tortiq etilganligi haqida tuzilgan maxsus hujjat); joy hamda xalq, qabila 

va  urug’  nomparj  Aravon,  Kampirravot,  Nukus,  Xo’jayli  (Xo’ja  eli),  Chinos, 

Nayman, Mang’it, Saroy, Qo’ng’irot va boshqalar juda ko’p uchraydi. Bu va shunga 

o’xshash  terminlar  shubhasiz  qimmatli  tarixiy  material  bo’lib,  uzoq  o’tmishda 

ajdodlarimizning  ijtimoiy-siyosiy  hayotini  o’rganishga  yordam  beradi.  Ularning 

kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika (lotin. lingua — til) fani o’rganadi. 




Download 347.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling