Prinsiplari hamda qadimgi zamon tarixi manbalari


Download 347.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana05.01.2022
Hajmi347.22 Kb.
#213826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
1-Мавзу баёни

5.  Yozma  manbalar  tarixiy  manbalarning  muhim  va  asosiy  turi.  Ular 

insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog’i odamlarning o’zaro munosabatining natijasi 

o’laroq  yaratilgan  va  o’sha  zamonlarda  yuz  bergan  ijtimoiy-siyosiy  voqyealarni 

o’zida aks ettirgan manba sifatida o’rta asr (VI—XIX asrlar) tarixini o’rganishda 

muhim o’rin tutadi. 

Yozma  tarixiy  manbalar  o’z  navbatida  ikki  turga  bo’linadi:  1)  Oliy  va 

mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar, 

inoyatnomalar  va  b.q.),  moliyaviy  hisobot  daftarlari,  rasmiy  yozishmalar  va  2) 

tarixiy, geo-kosmografik hamda biografik asarlar. 

Ijtimoiy-siyosiy,  ayniqsa  iqtisodiy  munosabatlarga  oid  masalalarni 

o’rganishda  rasmiy  hujjatlar,  moliyaviy  hisobot  daftarlari  va  yozishmalarning 

ahamiyati  benihoyat  kattadir.  Rasmiy  hujjatlar  ijtimoiy-siyosiy  hayotni  ma’lum 

huquqiy ko’rinishda bevosita va ko’p hollarda aynan qayd etishi bilan qimmatlidir. 

Lekin ularning orasida, ayniqsa rasmiy yozishmalarda soxtalari ham uchrab turadi. 

Shuning uchun ham ulardan foydalanganda alohida diqqat-e’tibor va ehtiyotkorlik 

talab  qilinadi.  Hujjatlar  ustida  ish  olib  borganda,  aniqrog’i  undan  biron  ijtimoiy-

siyosiy  voqyea  yoki  dalilni  talqin  etish  uchun  foydalanish  jarayonida  bir  hujjat 

bilangina kifoyalanmasdan, o’xshash bir necha hujjatni qo’shib o’rganmoq zarur, 

chunki  bitta  hujjatda  faqat  bir  kelishuv  yoki  bir  dalil  ustida  gap  boradi.  Shuning 

uchun  faqat  bir  hujjat  asosida  ma’lum  ijtimoiy-siyosiy  masala  ustida  qat’iy  fikr 

yuritib bo’lmaydi. 

Tarixiy,  geo-kosmografik  hamda  biografik  asarlar  masalasiga  kelganda, 

avvalo shuni aytish kerakki, ular hukmron sinfning topshirig’i bilan yozilgan va shu 

tufayli  ularning  sahifalarida  ko’proq  podsholar  va  xonlarning,  amirlar  va  yirik 




ruhoniylarning  hayoti  va  faoliyati  yoritilgan,  moddiy  boylik  yaratuvchi  mehnatkash 

xalqning  tarixi  esa  ko’p  hollarda  cheklab  o’tilgan.  Xullas,  bu  asarlarda  hukmron  sinfning 

dunyoqarashi o’z ifodasini topgan, o’sha sinfning maqsad va manfaatlari himoya qilinadi. 

Bu tabiiy hol, albatta. Lekin shuni sabab qilib, bu asarlarni e’tiborsiz qoldirish xato bo’lur 

edi,  chunki  uzoq  o’tmishda  bo’lib  o’tgan  voqyealar  tafsiloti  faqat  shu  asarlarning 

sahifalaridagina  saqlanib  qolgan.  Qisqa  qilib  aytganda,  o’tmishni  bu  asarlarsiz  o’rganib 

bo’lmaydi. Ammo ularni o’rganish jarayonida, ularning sahifalarida keltirilgan axborot va 

daliliy ma’lumotlardan foydalanishda hushyor bo’lish,  ya’ni ularga tanqidiy  yondashish 

talab qilinadi. 

Tarixiy,  geo-kosmografik  va  biografik  asarlar  bizgacha  ko’p  miqdorda  yetib 

kelgan va o’rta asr tarixini o’rganishda asosiy manbalardan hisoblanadilar. 

Manbashunoslik  tarix  fanining  bir  qator  yordamchi  sohalari;  paleografiya, 

diplomatika, geraldika, sfragistika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya 

qo’lga kiritgan yutuklarga tayanadi. 



Paleografiya (yunon. paleo — qadimiy, grapxo — yozaman; qadimiy yozuv) qadimiy 

qo’lyozma asarlarning qog’ozi, muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi. 




Download 347.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling