Arxeologik manbalar qadimda ajdodlarimizning turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatini
o’rganish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
Rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, vaqfnomalar, hisob-kitob
daftarlari, rahnomalar, rasmiy yozishmalar) ga kelganda shuni aytish kerakki, ular
ijtimoiy-siyosiy hayotni bevosita qayd etishlari, ya’ni feodal yer egaligi, ijtimoiy zulm,
davlat tuzilishi va boshqa shu kabi masalalar bo’yicha daliliy ma’lumotga boyligi bilan
tarixiy manbalarning boshqa turlaridan ajralib turadi. Shuning uchun rasmiy hujjatlarning
fandagi o’rni juda kattadir.
Tarixiy, geo-kosmografik va biografik asarlarda, rasmiy hujjatlardan farqli
ravishda, tarixiy voqyea keng va to’laroq yoritiladi. Shuning bilan bir qatorda, bu asarlar
ham fizik ma’lumotga boydir. Ammo, bayon etilayotgan voqyealarga subyektiv
yondashish, ayrim muhim voqyea va dalillarni xaspo’shlab o’tish, yoqi buzib talqin etish
bunday asarlarning ko’pchiligiga xosdir. Shuning uchun ham bunday asarlar ustida ish olib
borganda ularga tanqidiy yondashish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |