Prinsiplari hamda qadimgi zamon tarixi manbalari


-Masala.  Qadimgi  Eron  manbalari.  (Tosh  va  sopolga  o’yib  yozilgan


Download 347.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana05.01.2022
Hajmi347.22 Kb.
#213826
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-Мавзу баёни

5-Masala.  Qadimgi  Eron  manbalari.  (Tosh  va  sopolga  o’yib  yozilgan 

kitoblar  mixxat  yozuvlar).  Bunday  yozuvlar  Ahamoniylarning  qadimiy  poytaxti 

Persepol, shuningdek Suza va Ekbatana (hozirgi Hamadon) shaharlari va ularning 

atrofidan  topilgan.  Masalan,  pishiq  sopol  taxtachaga  o’yib  yozilgan  bir  katibada 

Doro  I  (miloddan  avvalgi  522—486  yy.)  hukmronligining  dastlabki  yillarida 

(miloddan  avvalgi  494—  490  yillar  orasida)  Suzada  bunyod  etilgan  saroyning 

qurilish tafsiloti, aniqrog’i qurilishga ishlatilgan materiallarning qaysi mamlakatdan 

keltirilganligi  yozilgan  taxtachadagi  ma’lumotlarga  ko’ra,  oltin  Lidiya  bilan 

Baqtriyadan, qimmatbaho toshlar, lazurit va serdolik (kizil yoki qizg’ish rangli tosh) 

So’g’diyonadan, feruza Xorazmdan olib kelingan. 

Ayniqsa, Persepoldan  (Sherozning  shimoliy  tarafida,  undan  taxminan  50  km 

masofada  joylashgan;  520—450  yillar  orasida  qurilgan  shahardan)  topilgan 

yozuvlar va tasviriy suratlar (relyeflar) katta ilmiy qimmatga ega. 

 

 

 



 


 

 

Тошга ўйиб битилган ёзув. Такатош, Жиззах вилояти. 



Ulardan ayrim namunalar XVII—XVIII asrlarda (1621 y.) italiyalik sayyoh Pyedro 

Della Balle va daniyalik olim K. Niburning nomi bilan bog’liq. 1931—1934, 1935—

1939 va undan keyingi yillari nemis olimi E. Xersfild, amerikalik E. Shmidt, fransuz 

A.  Godar  hamda  eronlik  M.T.  Mustafoviy  va  A.  Somiy  tarafidan  o’tkazilgan 

arxeologik tadqiqotlar natijasida Persepolda juda ko’p noyob yodgorliklar ochildi. 

Ular  orasida  Apadana  zinapoyalari  ustiga  ishlangan  tasviriy  suratlar  alohida 

ahamiyat  kasb  etadi.  Suratlarda  (balandligi  3  fut)  ahamoniylarga  tobe  bo’lgan  23 

satraplikdan (qaram mamlakatdan) o’lpon olib kelgan kishilar qiyofasi tasvirlangan. Bular 

orasida baqtriyaliklar (turli idishlar, teri, mo’yna va tuya bilan), so’g’dliklar (turli mato, 

teri va qo’ylar bilan), saklar (ot va chakmonlar bilan), parfiyaliklar (idishlar va tuya bilan) 

va xorazmliklar (ot va qurol-aslaha bilan) tasvirlari ham bor. 

Persepoldan 6 milya (qariyb 5 km) masofada, uning shimol tarafida Husaynkuh 

qoyalarida ahamoniylardan Doro I, Kserks I (miloddan avvalgi 486—465 yy.), Artakserks 

I  (miloddan  avvalgi  465—424  yy.)  hamda  Doro  II  (miloddan  avvalgi  424—404  yy.) 

larning  maqbaralarini  hamda  ularga  kiraverishda  o’yib  yozilgan  katibalar  bor.  Mazkur 

yodgorlik sosoniy sarkardalardan  Rustam  (636  yili arablar  bilan  bo’lgan  urushda  halok 

bo’lgan)  nomi  bilan  ham  bog’liq  va  tarixda  ko’pincha  Naqshi  Rustam  deb  ataladi. 

Katibalarda,  ayniqsa  Doro  I  surati  ostiga  yozilgan  katibada,  uning  davlati  ko’klarga 

ko’tarib maqtaladi, uning tarafidan bosib olingan xalqlar esa itoatkorlikka va halol mehnat 

qilishga  chaqiriladi,  bo’ysunmaganlar  va  shu  sababdan  jazoga  mahkum  etilganlarning 

nomlari ko’rsatiladi; shuningdek, Doro I ning 19 marta qilgan harbiy yurishlari va u asirga 

olgan 9 podshoning nomlari qayd etiladi. Muhimi shundaki, katibada ahamoniylarga tobe 

bo’lgan 23 satraplik va xalqlarning to’la ro’yxati  yozilgan.  Bular  orasida  parfiyaliklar, 

baqtriyaliklar, so’g’diyonaliklar hamda xorazmliklar ham bor. 




Yodgorliklar  orasida  muhimlaridan  yana  biri  mashhur  Behistun  yozuvlaridir.  Bu 

yozuvlar (uzunligi 22 m, umumiy balandligi 7,8 m) Shimoliy Eronda, Kirmonshoxdan 

30 km masofada, dara bo’ylab o’tgan qadimgi karvon yo’li yoqasida, uning chap tarafida, 

Zagros  nomli  tik  qoyaga  (taxminan  105  metr  balandlikda)  Doro  I  ning  amri  bilan 

yozdirilgan g’alaba yodgorligidir. Yozuv elam, bobil va qadimgi eron tillarida bitilgan va 

miloddan avvalgi 523—522 yillari Ahamoniylar saltanatini larzaga keltirgan Gaumata (522 

yil 29 sentyabrda halok bo’lgan), Frada (marg’iyonalik, 522 yil 10 dekabrda asirga olingan), 

Skunxa (hozirgi Qozog’iston va O’zbekiston hududida istiqomat qilgan sak qabilalarining 

yetakchisi) boshliq xalq harakatlari haqida hikoya qiladi. 


Download 347.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling