Professional ta’lim” fakulteti “texnologiya
PARHEZ QUYUQ ISSIQ TAOMLARI
Download 202.09 Kb.
|
kurs ishi
PARHEZ QUYUQ ISSIQ TAOMLARI
1-son parhez dasturxoni uchun yog’siz mol, buzoq, tovuq, baliq go’shtlaridan yumshoq pishirilgan, oz suvda, bug’da pishirilgan taom tayyorlanadi. Ular sof qiyma, kotlet yoki kinel massasi holida ishlatiladi. Yormalardan suyuq ezilgan bo’tqalar, bug’da pishirilgan pudinglar; sabzavotlardan (sholg’om, tuф , karamdan tashqari) pyure va suflelar; chuchuk suzmadan ezilgan, bug’da pishirilgan taomlar tayyorlanadi. 2-son parhez dasturxoni uchun yuqoridagi taomlardan tashqari urvoqqa belanmay, qobiq hosil qilmay qovurilgan taomlar, qobiq hosil qilmay yopilgan taomlar tayyorianadi. 5-son parhez dasturxoni uchun pishirilgan, oz suvda pishirilgan, yopilgan yog’siz go’sht, baliq taomlari tayyorlanadi. Sabzavot taomlari qovurishdan tashqari hamma issiq ishlov berish usulidan foydalanib tayyorlanishi mumkin. Yormalardan donador va suyuq bo’tqalar, zapekankalar va pudinglar tayyorlanadi. Yog’siz suzmadan pishirilgan va yopilgan taomlar ko’p ishlatiladi. Taomlarning ustidan quyib berish uchun sariyog’, 2-son parhez dasturxonidagidek sovuq jazlangan unda tayyorlangan smetana sardaklari va go’sht qaynatmasida tayyorlangan qizil sardak tayyorlanadi. 309 Sabzili kartoshka pyuresi ( I, 2, 5-son parhez dasturxoni). Ishlovdan o’tgan sabzi mayda to’g’ralib, oz sutda yumshoq pishiriladi. Ishlovdan o’tgan kartoshka yumshoq pishirilib, suyuqligi to’kilib, biroz quritiladi, sabzi bilan aralashtirib issiq holda ezuvchi mashinada eziladi va quyuq-suyuqligiga qarab qaynatilgan sut, sariyog’ qo’shib aralashtiriladi. Tarqatishda ustidan sariyog’ quyib beriladi. Suzmali sabzi suflesi ( I, 2, 5-son parhez dasturxoni). Ishlovdan o’tgan sabzi mayda to’g’ralib, sariyog’ qo’shiIgan holda oz sutda yumshoq pishiriladi va eziladi. Tayyorlangan sabzi, manna yormasi, tuxum sarigi, ezilgan suzma yaxshilab aralashtiriladi vayog’langan qolipgasolishdan awal yaxshilab ko’pirtirilgan tuxum oqi tayyorlangan mahsulotgaqo’shiladi.Qolipgasolingan sufle massasi bug’ qozonida pishiriladi. Tayyor sufle qolipdan bo’shatilib, ustidan sariyog’ quyiladi. Sabzi 190 g, suzma 50 g, tuxum 1/2 dona, sariyog’ 10 g, sut 30 g, manna yormasi 10 g, tuz 1 g. Sof og’irligi 255 g. Bug’da pishirilgan gulkaram suflesi ( I, 2, 5-son parhez dasturxoni). Ishlovdan o ‘ tgan gulkaram yumshaguncha pishiriladi, suzib olinib, quritiladi, ezilib, qaynatilgan sut, tuxum sarig’i, manna yormasi, eritilgan sariyog’ ko’pirtirilgan tuxum oqi bilan aralashtirilgan zahoti yog’langan qolipgasolinib, bug’ qozonida pishiriladi va qolipdan bo’shatib ustidan sariyog’ quyib beriladi. 2, 5-son parhez dasturxoni uchun sufleni yopib tayyorlash ham mumkin. Murabboli manna yorma oladyasi (2-son parhez dasturxoni). Ilashimli manna bo’tqasi tayyorlanib 70°C haroratgacha sovitilib, shakar bilan ezilgan tuxum sarig’i, ko’pirtirilgan tuxum oqi qo’shib yaxshilab aralashtiriladi, xamirturushli xamirdan tayyorlangan oladyaga o’xshash usulda qovuriladi. Tarqatishda ustidan murabbo, sariyog’ yoki smetana quyib beriladi. Mevali palov (5-son parhez dasturxoni). Quritilgan meva saralanib, yuvilib, yiriklari boiinadi. Qaynab turgan suvga tuz, shakar, sariyog’ solinib, ustidan saralab yuvilgan guruch solib qaynatiladi. G uruch suvini tortishi oldidan tayyorlangan meva solinadi va suvi toMiq tortilgandan so’ng usti yopilgan holda suv-bug’ hammomiga idishi bilan qo’yilib dimlanadi. Tayyor bo’lgandan so’ng aralashtirilib taqsimchaga tog’ usulida solib beriladi. Guruch 50 g, kishmish 20 g, qora olxo’ri 20 g, olma 35 g, shakar 5 g, sariyog’ 15 g, suv 100 g, tuz 1 g. Sof og’irligi 230 g. Bug’da tayyorlangan go^shtli tuxum oqi quymogi (5-son parhez dasturxoni). Pishirilgan mol go’shti go’sht qiymalagichdan o ‘ tkazilib, tuxum oqi, tuz, sut bilan ko’pirarli darajada aralashtiriladi, yog’langan qohpgasolinib bug’ qozonida quyuqlashguncha pishiriladi. Tarqatishda qolipdan bo’shatib beriladi. 310 Tuxum (oqi) 3 dona, sut 30 g, sariyog’ 3 g, pishirilgan mol go’shti 50 g, tuz 2 g. Sof og’irligi 150 g. Bug’da pishirilgan baliq zrazisi (1, 2, 5-son parhez dasturxoni). Oddiy usulda baliq kotlet massasi tayyorlanib, xom tuxum qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. Qiyma uchun sabzi mayda to’g’ralib, sariyog’ qo’shib oz suvda yumshoq holgacha pishiriladi. Xom tuxum, sut, tuzdan tayyorlangan quymoq mahsuloti yog’langan qoUpga solinib, bug’da pishirilib, sovitilib mayda chopiladi va tayyorlangan sabzi, mayda to’g’ralgan ko’kat bilan aralashtiriladi. Tayyor baliq kotlet massasi bo’laklanib «obi non» shakli berilgach o’rtasiga tayyorlangan qiyma solib, chetlari birlashtiriladi va oval shakli beriladi. So’ng bug’ qozoni patnisiga terilib, bug’da pishiriladi. Zrazini biroz sariyog’ qo’shilgan oz suvda pishirib tayyorlasa ham bo’ladi. Tarqatishda baliq zrazisiga garnir sifatida ilashimli grechixa bo’tqasi yoki pishirilgan makaron qo’shib, ustiga sariyog’ sut sardagi quyib beriladi. Bug’da pishirilgan baliq suflesi ( I, 5-son parhez dasturxoni). Baliq sof filesi sariyog’ qo’shilgan oz suvda pishirilib, sovitilib mayda tishli go’sht qiymalagichdan 2 marta o’tkaziladi. Qiymaga tuxum sarig’i, yumshatilgan sariyog’, quyuqroq sut sardagi qo’shib yaxshilab aralashtiriladi.Yog’langan qolipgasolishdan awal yaxshilab ko’pirtirilgan tuxum oqi qo’shiladi va yuzi tekislangan zahoti suv-bug’ hammomiga qo’yib 20—30 minut davomidapishiriladi.Tarqatishdaqolipdan bo’shatilib, garnir sifatida kartoshka pyuresi, sutda pishirilgan kartoshka yoki ilashimli bo’tqa qo’shib, ustidan sariyog’ quyib beriladi. Treska 127 g, sut 25 g, bug’doy uni 5 g, sariyog’ 3 g, tuz 0,8 g, tuxum 1,5 g, garnir 150 g. Sof og’irligi 110/150/5 g. Sut sardagida pishirilgan krivetka (2, 5-son parhez dasturxoni). Krivetka qaynab turgan tuzli suvga solinib, qaynash darajasiga ko’tarilib, ko’kat ildizlari solingan holda 4—5 minut qaynatiladi va o’z suyuqligida sovitiladi. Qisqichlaridan ajratilib, bo’laklarga bo’linadi. Tarqatishda taqsimchaga krivetka, yoniga garnir (donador guruch bo’tqasi yoki kartoshka pyuresi) qo’yilib, krivetka ustidan sut sardagi quyib beriladi. Pishirilgan mol go’shtidan tayyorlangan befstroganov (1, 5-son parhez dasturxoni). Pay, pardalardan tozalangan mol go’shti pishirilib sovitiladi va somoncha shaklida to’g’raladi. Idishga solinib, smetana sardagi, qirg’ichdan o’tkazilgan sabzi qo’shib 5—7 minut qaynatiladi. Tarqatishda sardagi bilan taqsimchaga quyilib, garnir sifatida kartoshka pyuresi, pishirilgan vermishel qo’shib beriladi. Mol go’shti 164 g, sabzi 4 g, petrushka 3 g, piyoz 2 g, tuz 1 g, pishgan go’sht vazni 75 g, sabzi 32 g, sardak 100 g. Sof og’irligi 75/150 g. 311 B ug’da pishirilgan mol g o ‘ shti kotleti (1, 2, 5-son parhez dasturxoni). G o’sht kotlet qiymasi mahsulotiga yumshatilgan sariyog’ qo’shib aralashtiriladi va boiaklarga bo’linib uchi o’tkirlangan oval shakli beriladi. So’ng bug’ qozoni patnisiga terilib, bug’da 15—20 minut qaynatib tayyor holga keltiriladi. Kotletni yana oz suvda qaynatib pishirsa ham bo’ladi. Tarqatishda taqsimchaga garnir (kartoshka pyuresi, ilishimli bo’tqa, sut sardagida pishirilgan sabzavot) quyilib, yoniga bug’da pishirilgan 2 dona kotlet qo’yib, bir chetiga sut yoki smetana sardagi yoki ustidan sariyog’ quyib beriladi. Suzmali mol go’shti qiyma uzmasi (I, 5-son parhez dasturxoni). Lahm mol go’shti qiymalagichdan 2 marta o’tkaziladi. Suzma bilan aralashtirilib, yana bir marta qiymalagichdan o’tkazilgandan so’ng yumshatilgan sariyog’, xom tuxum qo’shib yaxshilab aralashtirilib, ko’pirarli darajaga keltiriladi. Tayyor mahsulot suvda ho’llangan qoshiqlar yordamida 25 g hisobida bo’lakchalarga bo’linib, yog’langan bug’ qozon patnisiga terilib, bug’da pishirib tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda sabzavot pyurelari yoki oz suvda pishirilgan sabzi gamir sifatida berilishi mumkin. Qiyma uzmasi ustidan sariyog’ quyib beriladi. Mol go’shti suflesi (11-son parhez dasturxoni). Pishirilgan mol go’shti pay, pardalaridan tozalanib, go’sht qiymalagichdan ikki marta o’tkazilib (mayda ko’zligidan) qolgan jarayon xuddi baliq suflesiga o’xshash bajarilib tayyor holga keltiriladi. Agar 2, 5-son parhez dasturxoni uchun tayyorlash lozim bo’lsa, qovurish shkafida yopib tayyorlash ham mumkin. Download 202.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling