Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


Download 56.02 Kb.
bet2/4
Sana02.02.2023
Hajmi56.02 Kb.
#1146616
1   2   3   4
Bog'liq
Vaisova G. Ma\'ruza

Rekvizit9(huquqda) — shartnoma yoki hujjatga yuridik kuch berish uchun qog‘ozda ko‘rsatilishi shart bo‘lgan rasmiy ma’lumotlar majmui.

  • Arbitraj10frans. arbitrage) – 1) hakamlar sudi, bunda tomonlar oʻzlari saylab qoʻyadigan yoki oʻzaro kelishuvga bi-noan, qonunda belgilangan tartibda tay-inlanadigan arbitrlarga (hakamlarga) murojaat qiladi; 2) nizo vositachi su-dya (arbitr) tomonidan hal etiladigan hakamlar sudi; xoʻjalik munosabati ishtirokchilari oʻrtasidagi mulkiy va mulk bilan bogʻliq nomulkiy nizolarni hal qilib beradigan organ; 3) davlatlar orasidagi nizolarni tinch yoʻl bilan hal etuvchi xalqaro organ

    Ma’ruza .
    1. “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida “ 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son farmoning ijrosini ta’minlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi:
    Aynan ulardan biri o‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi to‘g‘risidadir. Tizimida o‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlar vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari tasdiqlangan namunaviy ustav asosida ta’lim muassasalarining ustavlarini ishlab chiqishlari hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari lozim.
    O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risidagi Nizomning 2-bobida professional ta’limning maqsadi va vazifalari keltirib o‘tilgan;
    - Professional ta’limning maqsadi mehnat bozoridagi ehtiyojlar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun raqobatbardosh kadrlarni professional ta’lim bosqichlarini amalga oshirish orqali tayyorlash hamda turli yoshdagi shaxslarning «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asnosida bilim olish uchun talablarini amalga oshirishdan iborat.
    - professional ta’limning vazifalariga quyidagilar kiradi:

    • ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga bo‘lgan haqiqiy talabni hisobga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaxassisliklarga bo‘lgan talablarini qondirish;

    • mehnat faoliyati davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish yuzasidan amaliy ko‘nikma va malakalarga ega kadrlarni tayyorlash;

    • mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

    • mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, o‘stirish va modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok eta oladigan kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘quv jarayoniga innovatsiya shakllar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo‘llagan holda professional ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;

    • o‘quvchilarning professional ta’lim muassasalarini ixtiyoriy tanlashi va kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha bilim olish, shuningdek, «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asosida kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlashdan o‘tish imkoniga ega bo‘lish sharoitlarini yaratish.

    Professional ta’lim muassasalari qonun hujjatlariga asosan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi. Ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Pedagogika kollejlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari joriy etilgan. Ta’lim shakllari Vazirlik tomonidan tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar bilan kelishgan holda belgilanadi. Sirtqi va kechki ta’lim shakllarini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    Professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori asosida belgilanadi. Professional ta’lim muassasalari kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etadilar.
    Professional ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida o‘qitishning dual tizimi asosida tashkil etilishi mumkin. O‘qitishning dual tizimi joriy etiladigan professional ta’lim muassasalari, kasblar yoki mutaxassisliklar ro‘yxati Vazirlik bilan kelishgan holda tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tashlkilotlar tomonidan tasdiqlanadi. O‘qitishning dual tizimini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Download 56.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling