Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Kredit resurslari bozori 1994 yildan boshlab faol ishlay boshladi. Bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga o`tishning muhim shartlaridan biri - to`g’ri pul-kredit siyosatini olib borishdir. 1991 yil 15 fevraldagi «Banklar va bank faoliyati to`g’rsda» Qonun, keyin unga kiritilgan qo`shimcha va o`zgarishlar bank, bank muassasalarini tashkil etish yo`llarini belgilab berdi. Bu qonunga muvofiq SSSR Davlat Bankining mintaqaviy bo`limi O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga aylantirilib, unga oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, banklar faoliyatini nazorat qilish, pul-kredit siyosatini amalga oshirish vazifalari topshirildi. 1995 yil 21 dekabrda Oliy Majlis 4-sessiyasida qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to`g’risida»gi Qonun Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki tomonidan yuqori baholandi. Bank tizimini takomillashtirish bo`yicha 505 Prezidentning «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi tadbirlar to`g’risida» 2000 yil 21 mart Farmoni va Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini isloh qilishga doir qo`shimcha tadbirlar to`g’risida»gi 2000 y. 24 mart qarori bilan tasdiqlangan «2000-2003 yy. O`zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish Dasturi» qabul qilindi. 2002 yil 5 aprelda Oliy Majlisning 2-chaqiriq 8-sessiyasida «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to`g’risida»gi Qonun qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 sentyabrdagi «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to`g’risida Qonunni amalga oshirish tadbirlari to`g’risida»gi Qaroriga asosan «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi» tashkil etildi. O`zbekiston banklarining Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki kabi xorijiy banklar, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, chet el markaziy va tijorat banklari bilan o`zaro foydali hamkorligi rivojlanib bordi. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik asosan: makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga ko`maklashish; milliy valyutani mustahkamlash; kadrlar tayyorlash; xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish; kichik va o`rta biznesni rivojlantirish; yo`nalishlari bo`yicha amalga oshirilmoqda. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling