Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Agrar sohadagi o`zgarish. Qishloq xo`jalik salmog’i O`zbekiston 
iqtisodiyotida sanoatdan so`ng ikkinchi o`rinni egallaydi. SHo`ro davridagi 
shovinistik va zo`ravonlik siyosati tufayli O`zbekistonda qishloq xo`jaligi bir 
tomonlama, faqat paxtachilikka moslab rivojlandi va O`zbekistonda paxta 


508 
yakkahokimligi vujudga keldi. Mustaqillikka erishilgach qishloq xo`jaligini milliy 
mustaqillik talablari asosida har tomonlama (kompleks) rivojlantirish imkoniyatini 
beradigan shart-sharoitlarni yaratishni ko`zlab tub islohatlarni amalga oshirish 
dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo`yildi.
Qishloqda tub islohatlarni o`tkazishning asosiy omillari quyidagilardan 
iborat: xalq xo`jaligining barcha sohalari, iqtisodiyotning qon tomiri bo`lgan 
sanoat taraqqiyoti ham qishloq xo`jaligining ishlab chiqarishiga bog’liq; aholining 
ovqat va kiyimga bo`lgan ehtiyojini ham yuksak darajada rivojlangan qishloq 
xo`jaligi ishlab chiqarishisiz to`la qondirish mumkin emas; aholining asosiy qismi 
- 60 %dan ortiqrog’i qishloqda yashaydi, ularning 50 %idan ortig’ini 18 yoshga 
etmagan yoshlar tashkil etadi.
Dastlab Prezident Farmoni bilan 1992 yil Vazirlar Mahkamasida qishloq 
xo`jaligi bilan shug’ullanuvchi kompleks tashkil qilindi. Islohat yillarida Parlament 
qator qonunlar majmuasini qabul qildi: 1991 yil «Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to`g’risida», «Ijara to`g’risida»; 1992 yil «Dehqon xo`jaligi 
to`g’risida»; 1993 yil «Xo`jalik jamiyatlari va shirkatlari to`g’risida», «Suv va 
suvdan foydalanish to`g’risida»; 1995 yil «Er solig’i to`g’risida», «Kichik va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to`g’risida», «Naslchilik to`g’risida»; 1998 yil 
«Qishloq xo`jaligi kooperativi (SHirkat xo`jaligi) to`g’risida», «Dehqon xo`jaligi 
to`g’risida», «Fermer xo`jaligi to`g’risida», «Er to`g’risida»; 2000 yil 
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g’risida» kabi qonunlar hamda 
1998 yil «Er kodeksi» qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi ham qishloq xo`jaligini isloh qilish masalalari bo`yicha 
1991-2003 yy. davomida 10 dan ortiq qaror qabul qildi. Qabul qilingan m’yoriy-
huquqiy hujjatlarda qishloqda ko`p ukladli xo`jalikni vujudga keltirish, paxta 
yakkahokimligiga barham berish, qishloq xo`jaligini kompleks rivojlantirish va 
qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojni qondirish tadbirlarini amalga 
oshirish ilgari surildi.
Qishloq xo`jaligida amalga oshirilgan agrar islohatlar natijasida sho`rolar 
davrida hukm surgan «sosialistik mulk»ning 2 shakli: davlat va jamoa mulki 


509 
(amalda u ham davlat mulki edi) o`rniga ko`p ukladli xo`jaliklar shakllandi. 
O`zbekistonda shakllantirilgan ko`p ukladli xo`jaliklar: Kooperativ mulk sektori, 
Davlat mulki sektori, Xususiy mulk sektori, YOrdamchi xo`jalik sektori.
Kooperativ mulk sektori - jamoa xo`jaliklari, xo`jaliklararo korxonalar, 
shirkatlar, uyushmalar, davlat xo`jaliklari negizida tashkil etilgan xo`jaliklar, 
jamoa mulkiga aylantirilgan fermalar. Davlat mulki sektori - davlat xo`jaliklari, 
naslchilik zavodlari, o`quv-tajriba va tajriba xo`jaliklari. Xususiy mulk sektori
dehqon va fermer xo`jaliklari, xususiylashtirilgan korxonalar. YOrdamchi xo`jalik 
sektori - aholiga qarashli bo`lgan shaxsiy tomorqa. 
1991-2003 yillarda qishloqda amalga oshirilgan tub agrar islohatlar qishloq 
hayotini mutlaqo yangi shakl va tizimga o`zgartirib yubordi. O`zbekiston qishloq 
va suv xo`jaligi vazirligi tizimida 2003 yilga kelib 1043 ta jamoa xo`jaligi, 80 
ming fermer xo`jaligi, 3 mln. 300 ming dehqon xo`jaligi, 444 ta shirkatlar 
uyushmasi, 270 ta chorvachilik aksiyadorlik jamiyati, 87 ta ijarachilar uyushmasi, 
155 ta xo`jaliklararo korxonalar, 764 ta xususiylashtirilgan fermalar, 751 ta 
qurilish tashkilotlari faoliyat ko`rsatdi.
Vazirlar Mahkamasi 1996 yil 21 mayda «2000-yilgacha qishloq 
infrastrukturasini rivojlantirish Dasturi to`g’risida» Qaror qabul qildi. Qishloqda 
turmushni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi Moliya, Sog’liqni saqlash, 
Xalq ta’limi vazirliklariga 2000 yilgacha qishloq infrastrukturasini rivojlantirishga 
doir ishlarni amalga oshirishni topshirdi. Xalq ta’limi vazirligi qishloqdagi ta’lim 
muassasalarini mebellar bilan ta’minlash uchun Toshkentdagi «Fayz» mebel ishlab 
chiqarish xolding kompaniyasi bilan 1996-2000 yillarga mo`ljallangan shartnoma 
tuzdi, bu ish 1996 yil birinchi choragidan boshlandi.
Mamlakat qishloq xo`jaligiga umumiy rahbarlikni Qishloq va suv xo`jaligi 
vazirligi olib boradi. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi Prezident va Oliy Majlis 
qabul qilgan qonun va qarorlarni hayotga tadbiq etishda o`zining viloyat va tuman 
boshqarmalari orqali qishloqda davlat siyosatini yo`lga qo`yadi. Qishloq va suv 
xo`jaligi vazirligi «Qorako`l», «O`zbek ipagi», «O`zparrandasanoat», «Asal» 
ishlab chiqarish uyushmalari faoliyatini ham boshqarib boradi.


510 
Qishloqda ishlab chiqarishga mutasaddi bo`lgan davlat va jamoa xo`jaliklari, 
shirkatlar uyushmalari va ijara xo`jaliklari faoliyat ko`rsatadi. Mustaqil 
«O`zmevasabzavotuzumsanoatxolding» 
kompaniyasi 
tashkil 
etilib, 

ixtisoslashgan bog’dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo`jaliklariga rahbarlikni 
amalga oshiradi.
Prezident qishloq infratuzilmasini o`zgartirish va agrar islohatlar bo`yicha 
1991 yil 29 noyabrda «Respublikada dehqon (fermer) xo`jaliklarini yanada 
mustahkamlash va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo`llab-quvatlash to`g’risida», 
1992 yil 22 oktyabrda «Paxtaning xarid narxlarini oshirish to`g’risida», 1992 yil 7 
yanvarda 
«Yaylov 
chorvachiligi 
(qorako`lchilik, 
yilqichilik, 
tuyachilik) 
xodimlarini ijtimoiy himoyalashning qo`shimcha tadbirlari to`g’risida», 1996 yil 3 
aprelda «Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini davlat yo`li bilan qo`llash choralari 
to`g’risida» farmonlar e’lon qildi.
Prezident 1996 yil 3 apreldagi farmoni bilan qishloq xo`jaligini sifatli 
texnika, mineral o`g’it, ekinlarni kimiyoviy vositalar bilan ta’minlash bo`yicha 
2000 yilga qadar qishloq xo`jaligini rivojlantirishning kompleks dasturini ilgari 
surdi. Hukumat 2001-2002 yillarda yuz bergan qurg’oqchilikni nazarda tutib 
Xorazm va Qoraqalpog’istonda dehqonchilikni qo`llash maqsadida alohida qaror 
qabul qildi. «O`zqishloqxo`jalikta’minotta’mir» tizimida Qoraqalpog’iston va 12 ta 
viloyat birlashmasi, 166 ta tuman ishlab chiqarish korxonasi, 28 ta ta’mirlash 
zavodi, 64 ta kichik korxona, 13 ta korxona qishloq xo`jaligiga xizmat qiladi.
Hozirgi zamon qishloq xo`jaligi yutuqlarini mamlakat xo`jalik hayotiga olib 
kirish muammolari bilan qishloq va suv xo`jaligi tizimiga qarashli bo`lgan ilmiy 
markazning 17 ta ilmiy tadqiqot instituti va ularning 12 ta filiali, 15 ta punkti, 9 ta 
tajriba-sinov bazasi, 50 taga yaqin boshqa bo`limlari shug’ullanadi.
Qishloq xo`jaligi uchun yuqori malakali oliy va o`rta maxsus 
mutaxassislarni Toshkent Davlat Agrar universiteti, Andijon, Samarqand Qishloq 
xo`jaligi, Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot, Toshkent Irrigasiya va qishloq 
xo`jaligini mexanizasiyalash instituti va 40 dan ortiq texnikum va kollejlar 


511 
tayyorlamoqda. Qoraqalpog’istonda 2003 yildan Toshkent Agrar universitetining 
Nukus filiali ish boshlab, voha qishloq xo`jaligini kadrlar bilan ta’minlamoqda.
Tayanch 
so`zlar:
Bozor 
infrastrukturasi, 
Kichik 
xususiylashtirish, 
Mulkdorlar sinfini shakllantirish,
Qishloq infratuzilmasi,
Ko`p ukladli xo`jaliklar: 
Kooperativ mulk sektori, Davlat mulki sektori, Xususiy mulk sektori, YOrdamchi 
xo`jalik sektori.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling