Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Mulkdorlar sinfini shakllantirish


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet344/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Mulkdorlar sinfini shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish 
maqsadida 1996 yil 25 aprelda Oliy Majlis 5-sessiyasida «Aksiyadorlar jamiyati va 
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish» va «Qimmatli qog’ozlar bozorining 
faoliyat ko`rsatish mexanizmi» to`g’risidagi qonunlarni qabul qildi. Prezidentning 
1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari» va 
1994 yil 16 martdagi «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari» to`g’risidagi Farmonlari 
xususiylashtirishni yana ham yangi pog’onaga ko`tarish, uni sifat jihatdan 
yaxshilash imkonini berdi.
Xususiy va kichik korxonalar soni 2003 yil boshiga kelib 120 mingdan oshib 
ketdi. Tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo`llab-quvvatlash maqsadida 


504 
Prezidentning 1996 yil 12 martda «O`zbekistonda tovar ishlab chiqaruvchilar va 
tadbirkorlar palatasini tashkil etish to`g’risida» Farmoni e’lon qilindi.
Bozor infrastrukturasini yaratish - Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga 
o`tish uchun lozim. Bu - bozor munosabatlarini harakatga keltiruvchi va uning 
ishlashi uchun zarur bo`lgan sharoitni yaratib beruvchi sohalarni shakllantirishdir. 
Bozor infrastrukturasi deyilganda: tovar va pul bozorida, mehnat resurslari 
bozorida xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`rtasida o`zaro aloqani ta’minlovchi 
iqtisodiy vositalar-tegishli moliya va bank-kredit tizimi, sug’urta, auditorlik, 
yuridik va xususiy firmalar tizimi tushuniladi.
Bozor infrastrukturasini shakllantirishning shartlaridan biri: - mahsulot 
etkazib berishning majburiy davlat byurtmasidan voz kechishdan iborat bo`ldi 
(davlat byurtmasi mahsulotlarni erkin (kelishilgan) narxda xarid qilish bilan 
almashtirildi). Markazlashgan ta’minot idora va tashkilotlar ham tugatilib, o`rniga 
tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi.
O`zbekistonda birinchi bo`lib 1991 yil «Toshkent» tovar-fond birjasi tuzildi 
va dastlabki kim oshdi savdosini o`tkazdi (1992 y. 30 dan ortiq birja ish olib 
bordi). Tovar resurslarini taqsimlashning birja tizimi bilan bog’liq tadbirkorlik 
bo`g’inlari: brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo 
bo`ldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling