Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Soxta demokratlar va ekstremistik faoliyat


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Soxta demokratlar va ekstremistik faoliyat. «Birlik» xalq harakati 1989 
yil 28 mayda (raisi A.Po`latov) vujudga keldi. «Erk» demokratik partiyasi 1990 yil 
30 aprelda (raisi M.Solih) tashkil topdi.»Birlik» xalq harakati va «Erk» DP 
mustaqillikdan keyin boshi berk ko`chaga kirib qoldi, chunki mustaqillik davri 
uchun harakt dasturi yo`q edi, kurashini asoslaydigan rasmiy hujjatga ega emas 
edi. «Birlik» harakatining 1990 yil dasturidagi vazifa O`zbekistonda SHo`ro 
hokimiyatini ag’darish bo`lib, uning o`rniga boshqa davlat tizimi barpo etish 
vazifasi yo`q edi.
«Erk» DPning 1990 yil qabul qilingan dasturi parchalanayotgan sobiq 
saltanat davrida partiya oldida turgan vazifalarni o`zida ifoda etgan edi. «Erk» 
DPning tajovuzkorona harakatlari va siyosiy qo`poruvchilik faoliyati ayniqsa 1991 
yil 29 dekabrdagi Prezident saylovlarida M.Solih mag’lubiyatga uchragach eng 
yuqori cho`qqiga chiqdi. U deputatlik mandatini tashlab Oliy Kengash sessiyasidan 
chiqib ketdi va 1993 yil chet elga ketdi. «Erk» partiyasida ichki partiyaviy bo`hron 
vujudga kelib Markaziy Kengash a’zolarining bir qismi M.Solih tutgan yo`lga 
qarshi chiqdi.
Oliy Sudning jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay’ati 2000 yil 30 oktyabrdan 
17 noyabrgacha davlat hokimiyatini egallab olishga qaratilgan jinoiy guruhning 12 
rahbari ustidan sud muhokamasini olib bordi. M.Solih ham sirtdan sud qilinib Oliy 
Sud hay’ati qarori bilan mol-mulki musodara qilinib, 15 yil 6 oy muddatga 
ozodlikdan mahrum qilindi.
1991 yilning oxirlari O`zbekiston mustaqilligining eng tahlikali, iztiroblar va 
og’ir kechinmalar jo`sh urgan davri edi. 1991 yil 18-21 noyabrda Oliy 
Kengashning 12-chaqiriq 8-sessiyasida bir guruh soxta demokratlar ochiq bosh 
ko`tardi va O`zbekiston tarixida alohida voqea sifatida muhrlandi. «Tashabbus» 
guruhi nomi bilan so`zga chiqqan bir guruh deputatlar «miting va namoyishlar 
o`tkazishni taqiqlash to`g’risida»gi qarorni bekor qilish, ma’muriy organlar va 


499 
Konstitusiyaviy Nazorat Qo`mitasiga ultimatum qo`yish talabi bilan chiqa 
boshladi.
«Vek» (Rossiya) gazetasining 1995 yil 21-27 iyul sonida «SSSR 
parchalangach eng dahshatli voqea O`zbekistonda yuz berishi lozim edi. Lekin 
I.Karimov xatoga yo`l qo`ymadi, uning mitinglarni taqiqlab qo`yishi qirg’izlar, 
tojiklar bilan o`zaro munosabatlardagi murakkab vazifalarni hal etish kabi to`g’ri 
ish edi»-deyiladi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling