Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Xotin-qizlar qo`mitasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 1 martdagi
farmoyishi bilan tuzildi. O`zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi ayollarni, ko`p bolali onalarni muhofaza qilishni kuchaytirish, ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq muammolarni hal etishga safarbar etish, ilm-fan 497 sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va qo`llab-quvvatlash maqsadida tuzildi. Respublika Xotin-qizlar qo`mitasi tarkibida: Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat, Toshkent shahar, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mehnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan Xotin-qizlar qo`mitalari faoliyat yuritmoqda. Faxriylar kengashi 1996 yil Prezident farmoni bilan “Nuroniy” jamg’armasiga aylantirildi. Prezidentning 1994 yil 16 martdagi “1941-1945 yy. urushda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 50 yilligiga tayyorgarlik ko`rish va uni nishonlash to`g’risida”gi farmonida ko`p jildli “Xotira” kitobini nashr etish vazifasi qo`yildi. Halok bo`lgan va bedarak yo`qolgan 450 mingga yaqin o`zbekistonlik jangchilarning nomi zikr etilgan 34 jildlik “Xotira” kitobi 1995 yil g’alabaning 50 yilligi arafasida bepul etkazib berildi. “Xotira” kitobi Moskva, Sankt-Peterburg, Kiev, Minsk, Volgagrad shaharlariga ham yuborildi. Jamoat tashkilotlari, nodavlat va notijorat tashkilotlari soni 5 mingdan ortiq, jumladan: “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi; “Sog’lom avlod uchun” va “Ekosan” xalqaro jamg’armalari; “Mahalla” va “Navro`z” xayriya jamg’armalari; “Iste’dod” va “Ulug’bek” iste’dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash jamg’armalari; “Mehr-shafqat va salomatlik”, “Bolalar”, “Amir Temur”, “Alisher Navoiy”, “Abdulla Qodiriy” jamg’armalari. Jamoat birlashmalarining huquqiy maqomlari Konstitusiya va «Jamoat tashkilotlari to`g’risida»gi Qonunda belgilab berildi. Konstitusiyaning 56- moddasiga muvofiq qonunda belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan: kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari; xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari; ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalar jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etilgan. Jamoat tashkilotlari va nodavlat uyushmalar soni 2002 yil 2500 dan oshib ketdi. O`zbekistondagi eng ommaviy jamoat tashkilotlaridan biri O`zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasi. O`zbekiston kasaba uyushmalarining 53 ming boshlang’ich tashkilotga birlashgan 7,5 mln.dan ziyod a’zosi bor. O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi tarkibida 21 tarmoq kasaba uyushmalaridan 498 tashqari hududiy jihatdan Qoraqalpog’iston, 12 viloyat va Toshkent shahar kasaba uyushmalari kengashlari mavjud. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling