Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Partiyalar fraksiyalari har bir partiya fraksiyasi rahbarining bergan tegishli


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi


Partiyalar fraksiyalari har bir partiya fraksiyasi rahbarining bergan tegishli 
arizasi va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan ro`yxatga olinadi. 
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oliy Majlis Kengashi tarkibiga kiradi.
Xalq demokratik partiyasi (XDP) 1991 yil 15 noyabrda Adliya vazirligida 
ro`yxatga olingan parlament partiyasi, uning oliy organi - Qurultoy bo`lib, 5 yilda 
1 marta chaqirilib partiyaning rahbar organlari saylanadi. XDPning 69 kishidan 
iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi Oliy Majlisning 1995 yil 24 fevraldagi 
qarori bilan ro`yxatga olindi. Oliy Majlisga 1999 yil 5- va 19 dekabrda saylangan 
deputatlardan 48 nafari XDP vakili (XDPning 420 mingga yaqin a’zosi bor).
XDPning «O`zbekiston ovozi», «Golos Uzbekistana» gazetalari va 
«Muloqot» jurnali mavjud. XDP o`z oldiga: adolatli jamiyat qurish, siyosiy-
iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash, xalqlar orasida tinchlikni, fuqarolar 
totuvligini ta’minlash, moddiy-ma’naviy turmushni yaxshilash, fuqarolarning teng 
konstitusiyaviy huquqlarini himoya qilishni maqsad qilib qo`ygan.
«Vatan taraqqiyoti» partiyasi (VTP) 1992 yil 24 mayda tuzilib, 1992 yil 10 
iyulda ro`yxatga olindi, 2000 y. 14 aprelda FMDPga birlashdi. 1995 yil 24 fevralda 
bo`lgan Oliy Majlisning 1-sessiyasida VTPning 14 kishidan iborat Oliy Majlis 
deputatlari fraksiyasi ro`yxatga olindi. VTPning asosiy maqsadi: barcha 
millatlarning manfaatlariga mos keladigan, demokratiya prinsiplariga asoslangan, 
yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topgan adolatli fuqarolik jamiyatini qurish edi.
«Adolat» sosial-demokratik partiyasi (ASDP) 1995 yil 18 fevralda tuzilgan 
va ro`yxatga olingan bo`lib, uning safida 30 mingdan ortiq a’zo bor. «Adolat» 
ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi mavjud. ASDPning asosiy maqsadi: barcha 


495 
millatlarning manfaatiga mos keladigan, etuk, demakratiyaga asoslangan adolatli 
fuqarolik jamiyati qurishda faol ishtirok etishdan iborat.
O`zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O`zMTDP) 1995 yil 3 
iyunda tuzilib, 9 iyunda ro`yxatga olingan. 6 mingga yaqin a’zosi, «Milliy 
tiklanish» haftalik gazetasi bor. 
«Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi (FMDP) 1998 yil 28 dekabrda 
tuzilgan va 1999 yil 14 yanvarda ro`yxatga olingandan boshlab bosh maqsadi: ko`p 
ukladli iqtisodiyotga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan fuqarolik 
jamiyatini qurishda unga xizmat qiladigan demokratik-huquqiy davlat barpo 
etishga hissa qo`shish. FMDPning «Fidokor» nomli ijtimoiy-siyosiy gazetasi 
mavjud. O`zMTDP va FMDP 2008 y. 20 iyunda, birlashuv qurultoyida birlashdi. 
Birlashgan partiyalarga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi nomi berildi. 
O`zbekiston liberal demokratik partiyasi (O`zLiDeP) - Tadbirkorlar va 
ishbilarmonlar harakati 2003 yil 15 noyabrda tuzilgan, 3 dekabrda ro`yxatga olinib, 
davlat va jamiyat rivoji va yangilanishida, Vatan taraqqiyoti va islohatlarning 
amalga oshirilishida faol ishtirok etadigan yangi siyosiy kuch sifatida maydonga 
chiqdi. LDPning asosiy vazifasi: jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish, 
davlat va jamiyatni demokratik asosda yangilash, islohatlarni chuqurlashtirish, 
inson huquq va erkinliklarini, tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya 
qilish dasturini hayotga tadbiq qilishdan iborat. LDPning « XXI asr» nomli 
ijtimoiy-siyosiy gazetasi mavjud.
«Xalq birligi» harakati 1995 yil iyundan faoliyat ko`rsatib, 9 iyunda 
ro`yxatga olingan, oliy organi Qurultoy, 4 yilda 1 marta chaqiriladi, «Birlik» va 
«Edinstvo» haftalik gazetalari mavjud. «Xalq birligi» harakatining asosiy maqsadi: 
millatlar birligini yanada mustahkamlash, fuqarolarning Konstitusiyaviy huquq va 
kafolatlarini to`la amalga oshirish, fuqarolik va vatanparvarlik tuyg’ularini 
rivojlantirishdan iborat.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling