Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari faoliyati uchun Konstitusiyaning
tegishli moddalarida, saylov to`g’risidagi qonunlarda, 1996 yil dekabrda 7- sessiyada qabul qilingan «Siyosiy partiyalar to`g’risida»gi Qonunda huquqiy asoslar yaratildi. Ko`ppartiyaviylik, hurfikrlilik va oshkoralik muhitini yaratishda «Jamoat tashkilotlari to`g’risida»gi (1991, 15 fevral), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risida»gi, «Ommaviy axborot vositalari to`g’risida»gi (1991,14 iyun), «Kasaba uyushmalari faoliyatining huquqlari va kafolatlari to`g’risida»gi (1992, 2 iyul) qonunlar e’tiborga loyiq. Bugungi kunda O`zbekistonda 4 ta siyosiy partiya mavjud: 1) Xalq demokratik partiyasi (XDP) - 1991 yil 1 noyabr; 2) «Adolat» sosial-demokratik partiyasi (ASDP) - 1995 yil 18 fevral; 3) Milliy tiklanish demokratik partiyasi (MTDP) - 1995 yil 3 iyun; «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi (FMDP) - 1998 yil 28 dekabr; 2008 y. 20 iyunda Milliy tiklanish demokratik partiyasiga birlashdi. 4) Liberal demokratik partiyasi (LDP) - 2003 yil 15 noyabrda tashkil topgan. «Xalq birligi» (1995) jamoatchilik harakati ham faoliyat ko`rsatmoqda. Arabcha «muxolifat» so`zi kelishmovchilik, teskarilashish, qarama- qarshilik, ziddiyat kabi ma’nolarni anglatadi. Muxolifat turli ko`rinishlarda sodir bo`ladi: a) Parlament doirasidagi muxolifat; b) Parlamentdan tashqaridagi muxolifat; d) Siyosiy partiyalar saflaridagi o`zaro ichki partiyaviy muxolifat. 494 1996 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Siyosiy partiyalar to`g’risida»gi Qonunda ko`ppartiyaviylikning asosiy mezonlari, siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari har tomonlama ko`rsatib berilgan. Milliy istiqlol g’oyasiga zid dasturni (Konstitusiya 12-57-moddalari) ilgari suruvchi partiyalar faoliyatiga yo`l qo`yish mumkin emas. «Siyosiy partiyalar to`g’risida»gi (1996, 25 dekabr) Qonunning 13-moddasida «Siyosiy partiyalar Oliy Majlisga saylangan o`z vakillari ishtirokida alohida fraksiyaga uyushish huquqiga ega» – deyilgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling