Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Sog’likni saqlash sahasida «OITS» bilan kasallanishning oldini olish»
(1991), «Davlat sanitariya nazorati» (1992), «Fuqarolar sog’lig’ini saqlash» (1996), «Dori vositalari va formasevtika faoliyati» (1997), «Odamning immunitet tanqisligi virusi» (1999) to`g’risidagi qonunlar qabul qilindi. O`zbekistonning birinchi ordeni 1993 yil 4 martda Prezident farmoni bilan ta’sis etilgan «Sog’lom avlod uchun» ordenidir. Konstitusiyaning 40-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» - deyilgan. Vazirlar Mahkamasi inson salomatligi to`g’risida «Sog’lom avlod uchun» jurnalini tashkil etish» (1995), «YOsh avlodni sog’lomlashtirish muammolarini kompleks hal etish», «O`zbekiston Respublikasida tibbiy va farmasevtika sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo`llash tadbirlari» (1996), «O`zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish» (1999) to`g’risida qarorlar qabul qildi. Kasalxona muassasalari soni 1991 yilga kelib 1370 taga, vrachlar soni 71,1 mingga etdi. Sog’liqni saqlash ehtiyojlari uchun milliy daromadning 1994 y. - 4,1 % i, 2000 y. - 7,5 % i miqdorida mablag’ ajratildi. Prezident Farmoni bilan 1998 yil 10 noyabrda «2006 yilgacha sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi» qabul qilindi. Respublikada 2002 yil 3471 ta ambulatoriya-poliklinika, 1057 ta shifoxona tibbiy xizmat ko`rsatdi. Xalq salomatligi yo`lida AQSH, Shvesariya, Vengriya, Rossiya, Boltiqbo`yi mamlakatlari, Yaponiya, Xitoy bilan o`zaro hamkorlik aloqalari o`rnatilgan. Namanganda 1993 yil iyunda ishga tushirilgan 120 o`rinli Kardiologiya markaziga Boltiqbo`yi, SHvesiya, Vengriya, Yaponiya davlatlari zamonaviy tibbiyot apparatlari olib kelib o`rnatdi (10 ming bemor salomatligini tikladi). Namanganda 1995 yil avgustda ishga tushirilgan 120 o`rinli «Oromgoh» dispanseriga Boltiqbo`yidan nur bilan davolovchi AGAT-R-1, YAponiyadan oshqozon-ichak, o`sma kasalliklarini aniqlovchi gastrofibraskop, Sankt-Peterburgdan Lazer-Yava-3 apparati olib kelindi. 522 «Sog’lom avlod uchun» jamg’armasi va «Amerilares» tashkiloti o`rtasida 1991 yil bitim imzolandi («Amerilares» tashkilotidan 12 mln. dollar qiymatga ega muruvvat yordami oldi). «Umid» deb nomlangan birinchi tadbirda AQSHning 5 ta xalqaro xayriya tashkiloti tibbiyot mutaxassislari vakillari katta miqdorda muruvvat yordami olib keldi. AQSH (Amerilares) bilan o`zaro hamkorlik «Sog’lom avlod yili»da (2000), «Onalar va bolalar yili»da (2001) yanada faollashdi. Prezidentning 1998 yil 10 noyabrdagi “Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to`g’risida”gi farmoni va Hukumat qarori aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 2001 yil martda 1- klinik shifoxona negizida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish ilmiy markazi barpo etildi. Qurilishga 4 mlrd so`m sarflandi, markazda 760 o`rinli 8 ta jarrohlik markazi tibbiy xizmat ko`rsatmoqda. Davlat dasturiga binoan Qoraqalpog’iston va barcha viloyatlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish markazining filiallari, 171 ta tuman markaziy shifoxonalarida bo`limlar tashkil etildi. Markaz va uning filiallari zamonaviy uskunalar sotib olishi uchun Ispaniya 10 mln evro kredit, Yaponiya 7 mln dollar grant berdi. Germaniya, AQSH, Isroil grant va kredit ajratmoqda, AQSH, Germaniya tibbiyot uskunalari, dori bermoqda. Tibbiy xizmat ko`rsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi. 1991-2001 yy. 19,5 ming o`rinli shifoxonalar, 95,7 ming tashrifli poliklinikalar qurildi, 1991 yil 1300 ta shifoxona bo`lgan bo`lsa, 2001 yil 1500 tadan ortdi. Ambulatoriya-poliklinikalar soni 1990 yil 3139 ta bo`lgan bo`lsa, 2010 yil 2 baravar ko`payib, 5886 taga etdi. Qishloqlarda 2000-2010 yy. 3208 ta qishloq vrachlik punkti tashkil etildi. Farmasevtika korxonalari 1994 yil 47,2 mln so`mlik 34 xil mahsulot ishlab chiqardi, 2001 yil 12 mlrd so`mlik 340 xil mahsulot ishlab chiqardi. Aholining dori-darmonga bo`lgan ehtiyojini 1994 yil respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga 4,5 % ga qondirildi xolos, 2001 yil 25 % gacha o`sdi, 50 dan ortiq davlatdan dori-darmon keltirildi, chetdan dori vositalari keltiruvchi tashkilotlar 2001 yildan qo`shimcha qiymat solig’idan ozod etilgan. 523 “Dori-darmon” davlat aksionerlik uyushmasi 1994 yil tashkil etildi, davlat tasarrufidagi 2525 ta dorixonalarning ko`pchiligi xususiylashtirildi, 2001 yil xususiy dorixonalar 2722 taga etdi. Dorixona muassasalari soni 1990 yil 835 ta bo`lgan bo`lsa, 2010 yil 4837 taga etdi, qariyb 6 baravar ko`paydi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling