Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet363/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Umumiy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimida asosiy bo`g’in bo`lib, ta’lim 
oluvchilar uchun ilmiy bilimlar olishini, mehnat ta’limi, boshlang’ich kasbkor 
ko`nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallashlarini, ijodiy qobiliyatlari va 
ma’naviy fazilatlarini rivojlantirishlarini ta’minlaydi. Ta’lim xarajatlari 2001 yil 
davlat byudjeti xarajatlarining 36 %ini tashkil etdi, 848398 o`quvchi o`rniga 
mo`ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktablari qurildi. O`quv amaliyotiga 
“Vatan tuyg’usi”, “Odobnoma”, “Ma’naviyat asoslari”, “Milliy istiqlol g’oyasi”, 
“Dunyo dinlar tarixi”, “Huquqshunoslik”, “Sog’lom oila va nikoh”, “Iqtisodiy 
bilim asoslari” kabi yangi fanlar kiritildi.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalari (1-9 – sinflar)da 2002-2003 yildan 
o`qitish to`la lotin yozuvi asosida o`zbek alifbosida olib borildi; “Maktab 
kutubxona jamg’armasi” tashkil etilib, o`quvchilar ijara usulida darsliklar bilan 
ta’minlanmoqda. Davlat byudjeti hisobidan “Maktab kutubxona jamg’armasi”ga 
2001 va 2002 yy. 1923 mln. so`m va 6520 mln. so`m mablag’ ajratildi. Har yili 
600 mingdan ziyod 1-sinf o`quvchilari Prezident sovg’asi sifatida darsliklar va 
o`quv qurollari bilan bepul ta’minlanadi. 
Prezident farmoni (2004, 19 fevral) va Vazirlar Mahkamasi qarori (2004, 9 
iyul) asosida Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi ishlab 
chiqildi. Umumta’lim maktablari 2005-2010 yy. yangidan qurildi va kapital 
ta’mirlandi, bolalar sport inshootlari qurildi. Respublikada 2005-2010 o`quv yilida 
9772 umumta’lim maktablarida 450 mingga yaqin o`qituvchi faoliyat ko`rsatdi, 6 
mln.ga yaqin o`quvchi ta’lim-tarbiya oldi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O`zbekistonga xos 
xususiyati, yangi turdagi 3 yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi yaritildi. 
1997-2010 yy. 1536 dan ortiq akademik lisey va kasb-hunar kolleji qurildi. 9 yillik 
umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta’lim 
bosqichini o`z ichiga olgan uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.


536 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling