Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet360/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Amir Temurga suvoriy haykal 1993 yil Toshkent shahrining markazida 
o`rnatildi. 1995 yil dekabrda Prezident I.Karimov 1996 yilni Amir Temur yili deb 


530 
atash to`g’risida Farmon e’lon qildi. 1996 yil mustaqillikning 5 yilligiga va 
A.Temur tavalludining 660 yilligi ulanib ketdi. I.Karimov 1996 yil 24 oktyabrda 
Toshkentda A.Temurning 660 yillik yubileyiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy 
anjumanda nutq so`zladi. 
A.Temur tavalludining 660 yilligi jahonning 50 dan ortiq davlatlarida 
nishonlandi, xalqaro ilmiy anjumanda 30 ga yaqin mamlakat olimlari ishtirok 
etgan.
A.Temurning 660 yillik yubileyi YUNESKO tashabbusi va rahbarligida 
1996 yil 21-24 aprelda Parijda nishonlandi, unda I.Karimov katta nutq so`zladi. 
YUNESKO qarorgohida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning 
gullab-yashnashi» mavzusida xalqaro konferensiya va ko`rgazma uyushtirildi. 
O`zbek san’at ustalari Parijdagi «Odson» teatri va YUNESKO qarorgohida katta 
konsert dasturlarini namoyish etishdi. 
«Temuriylar davrida fan madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» 
mavzuidagi ko`rgazmaga dasturda belgilanmagan holda shaxsiy qiziqishi tufayli 
Fransiya Prezidenti Jak Shirak rafiqasi bilan tashrif buyurdi.
O`zbekiston va YUNESKO o`rtasidagi aloqalarni rivjlantirish, Markaziy 
Osiyo madaniyatini qayta tiklash va targ’ib qilgani uchun mazkur marosimda 
I.Karimov YUNESKOning o`sha paytdagi bosh direktori F.Mayorga «Do`stlik» 
ordeni topshirdi. Temuriylar tarixi bilimdoni, O`zbekiston va Fransiya 
madaniyatini yaqinlashtirish jonkuyari fransiyalik olim L.Keren «Shuhrat» medali 
bilan mukofotlandi. Fransiya Prezidenti O`zbekiston Prezidentiga A.Temurning 
1402 yil fransuz qiroli Sharl VI ga yo`llagan maktubini sovg’a qildi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi 1996 yil 18 
oktyabrda bo`ldi, shu kuni I.Karimov Samarqand va SHahrisabzda A.Temur 
haykalini ochdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling