Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Milliy istiqlol g’oyasi. Oliy Kengashning 1992 yil 2 iyulda bo`lgan 10-
sessiyasida chinakam mustaqil O`zbekiston davlatini barpo qilish yo`lida barchaning birlashishini ta’minlash kunning dolzarb vazifasi qilib qo`yildi. Bu vazifani Milliy istiqlol g’oyasi, mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgan g’oyalar 531 orqali uddalash mumkin edi. Mustaqillikni ta’minlash g’oyasi haqida I.Karimov 10-sessiyada (1992, 2 iyul) «xalqni yakdil qiladigan g’oyalar ichida eng ulug’i - O`zbekistonning mustaqilligini ta’minlash. Shu g’oya atrofida birlashsak aslo xor bo`lmaymiz», - degan edi. I.Karimovning 1992 yil 1 sentyabr arafasida nashrdan chiqqan «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» kitobi istiqlol mafkurasi uchun nazariy asos, ma’naviy hayot uchun yo`l-yo`riq bo`ldi. Bu asarda istiqlol mafkurasi uchun asos bo`lgan tamoyillar, O`zbekistonni yanada rivojlantirish yo`lining 4 ta negizi ko`rsatilgan, bular: 1) umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 2) xalqimizning ma’naviy me’rosini mustahkamlash va rivojlantirish; 3) inson o`z imkoniyatlarini erkin namoyish qilishi; 4) vatanparvarlik. I.Karimov mamlakat qudratini xalqning ma’naviy kamolotida ko`radi va insoniy fazilatlarni takomillashtirish uchun zarur sharoit yaratishni asosiy vazifa qilib qo`yadi. Prezident O`zbekistonning ma’naviy rivoji negizlarini belgilab berar ekan, vatanparvarlik g’oyasiga alohida urg’u berdi, chunki Vatanni sevish xalqimizga xos azaliy qadriyat hisoblangan. I.Karimov 1992 yil dastlabki tajribalarini umumlashtirib o`zining ikkinchi asari «O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat» asarini yaratdi. Kitobda keyingi yillarga xos xususiyat va qadriyatlar haqida fikr yuritiladi, xalq ongida keskin o`zgarish yuz bergani, istiqlol tufayli ona zaminga, Vatanga mehr shakllana boshlaganini aytadi. Dastlabki yillardagi qiyinchiliklar odamlarga salbiy ta’sir ko`rsatdi, buni anglagan I.Karimov 1993 yil 23 aprelda bir guruh adiblar bilan uchrashdi. I.Karimov 1993 yil 6 mayda Oliy Kengashning 12-sessiyasida mafkurasiz va g’oyalarsiz taraqqiyot bo`lmasligini, milliy istiqlol mafkurasini yaratish eng muhim masala ekanligini ko`rsatib berdi. I.Karimov 1993 yil 7 dekabrda Konstitusiyaning 1 yilligiga bag’ishlangan yig’ilishda Milliy mafkura - milliy ehtiyoj ekanligini asoslab bergan edi. Milliy istiqlol g’oyasi - O`zbekistonning mustaqillikka erishishi haqidagi siyosiy, ilmiy, nazariy, falsafiy, badiiy va diniy qarashlar majmuasi, xalqni 532 kelajakka ishonch, e’tiqod ruhida tarbiyalovchi g’oyaviy qurol, barchani shu maqsad yo`lida birlashtiruvchi qudratli ma’naviy omil hisoblanadi. 1995 yil 24 fevralda Oliy Majlis 1-sessiyasida I.Karimovning «O`zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqlolining asosiy tamoyillari» mavzusidagi ma’ruzasida Milliy istiqlol g’oyasining nazariy jihatlari atroflicha yoritib berildi. Milliy g’oya, milliy ong - milliy an’analar, urf-odatlar va turmush tarzi asosida shakllanadi. Umuminsoniy qadriyat darajasiga ko`tarilgan milliy manfaat atrofida ongli ravishda, aql-idrok yo`rig’i bilan jipslashgan g’oya milliy mafkuraga aylanadi va millionlab kishilarni ergashtiradi. I.Karimov «Men insonning insoniyligini uyg’otmoqchiman» degan edi. I.Karimov jahon milliy mafkurasi masalasida falsafa fanida yangi iborani ishlatadi, begona g’oyalar o`z ta’sirini o`tkazaolmaydigan, unga qarshi kurasha oladigan immunitet zarurligini uqtiradi. I.Karimov 2000 yil «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblarida «farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, dinga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur» - deb aytgan edi. I.Karimov turli g’oyaviy xurujlar avj olayotgan va eng muqaddas g’oyalarimizga tahdid solayotgan bir paytda begona va soxta g’oyalarga qarshi g’oyaviy immunitetni kuchaytirish lozimligini juda muhim va dolzarb vazifa qilib ko`tardi. Tayanch so`zlar: YUNESKO, Ma’naviy meros, Milliy va diniy qadriyatlar, «Navro`z», «Ma’naviyat va ma’rifat», «Oltin Meros», Amir Temur yili, Milliy istiqlol g’oyasi, Mafkuraviy immunitet. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling