Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Muzeylar tarixiy xotirani tiklashda muhim ahamiyatga ega. 1992 yil
Namanganda Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz H.Boltaev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda amaliy sanat tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Oqtosh shahrida (Samarqand) baxshi Islom shoirning uy-muzeyi, 1993 yil Toshkentda 1-huquqshunos olima ayol H.Sulaymonova muzeyi, raqqosa M.Turg’unboeva muzeyi, Tomdi (Navoiy)da cho`pon, 2 marta Mehnat Qahramoni J.Bashmanov muzeyi, 1994 yil Toshkentda xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov muzeyi ochildi. 1996-yil O`zbekiston Gidrometeorologiya muzeyi, Toshkentda 1996 yil 1 sentyabrda Osiyoda yagona Olimpiya shon-shuhrat muzeyi, 1996 yil 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. 1997 yil Buxoroda zarb 543 qiluvchi S.Hamidov muzeyi hamda oliy ta’lim muassasalarida ham ko`plab muzeylar ochildi. O`zbekiston tarixi davlat muzeyi yangi binoga ko`chirildi va yangi eksponatlar bilan qayta jihozlandi. O`zbekiston davlat san’at muzeyi Yaponiya ajratgan 38,8 mln iyen pul mablag’i hisobidan ta’mirlandi va yangi uskunalar bilan jihozlandi. Prezidentning 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g’risida”gi farmoni va hukumatning “Muzeylar faoliyatini qo`llab-quvvatlash masalalari to`g’risida”gi qarori muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko`rsatish, moddiy qo`llash maqsadida 1998 yil “O`zbekmuzey” Respublika jamg’armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko`maklashuvchi “Moziydan sa’do” jurnali ta’sis etildi, jurnal 1999 yildan o`zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Muzeylarning asosiy fondi faqat 1999 yil 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyidi. O`zbekistonda 90 dan ortiq davlat va 1200 dan ortiq jamoatchilik muzeylari faoliyat ko`rsatmoqda, ularda 1,3 mln.dan ortiq eksponatlar saqlanmoqda. Me’moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahar tarixiy shaharlar ro`yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xivadagi 3 ta muzey-qo`riqxonalarida dunyoda eng nodir yodgorliklar davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan. Me’moriy obidalar qatoriga yangidan barpo etilgan A.Temur, M.Ulug’bek, A.Navoiy, A.Farg’oniy, Alpomish, J.Manguberdi haykallari qo`shildi. 2002 yil Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan tarixiy ashyolar bilan jihozlangan arxeologiya muzeyi barpo etildi. O`zbekiston muzeylarining eksponatlari Fransiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoyda namoyish etildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling