Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Kino 
san’atining 
ijodkor 
ustalari: 
Sh.Abbosov, 
Y.A’zamov, 
E.Eshmuhamedov, A.Hamroev, R.Malikov, J.Fayziev, Sh.Boshbekov zamonaviy 
kinofil’mlar yaratishda peshqadamlik qildilar. L.Fayzievning dastlabki xususiy 
kinostudiyasi “Fayzifil’m” 1992 yil fevralda ro`yxatga olindi. “O`zbekfil’m” 
tasarrufida 1996 yil 8 ta studiya, 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat 
yuritdi.
Prezidentning 1996 yil 29 apreldagi “O`zbekkino davlat aksionerlik 
kompaniyasini tuzish to`g’risida”gi farmoni milliy kino san’atining rivojida muhim 
bosqich bo`ldi. Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 
“O`zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati 
masalalari to`g’risida” qaror qabul qildi.
Kinostudiyalarda 1991-2002 yy. 60 ga yaqin badiiy filmlar suratga olindi, 
bular: “Temir xotin”, “Ko`zlarim yo`lingda”, “Dallol”, “Sharif va Ma’rif”, “Tilla 
bola”, “Buyuk Amir Temur”, “Yulduzingni ber osmon”, “Kenja singil”, “Voiz”, 
“O`tkan kunlar”, “Piyoda odam” kabi milliy va zamonaviy badiiy filmlardir.
1997 yil 22-29 mayda Toshkentda 32 ta davlat va 8 ta xalqaro tashkilotning 
san’at arboblari ishtirokida “Umuminsoniy qadriyatlar va milliy taraqqiyot” shiori 
ostida 12 Xalqaro Toshkent kinofestivali bo`ldi. “Buyuk Amir Temur” fil’mini 


540 
yaratishdagi operatorlik mahorati uchun Rifqat Ibrohimovga Xalqaro jyurining 
maxsus mukofoti – “Neksiya” avtomashinasi berildi.
Mustaqillik 
yillarida 
“O`zbekiston bahori” (rej. Sh.Qurbonboev, 
E.Xachaturov), “Mustaqillikning 5 yilligi” (“O`zbekiston havo yo`llari” milliy 
kompaniyasi haqida), “Ulkan odim” (“O`zDEUavto” zavodi haqida) kabi hujjatli 
kinofil’mlar yaratildi. Milliy ma’naviyat, ma’rifat namoyondalariga bag’ishlangan 
“Istiqlol fidoyilari” ruknidagi, XX asrning 20-yillarida Germaniyada ta’lim olgan 
yoshlarimizga bag’ishlangan “Ular Germaniyada o`qigan edilar” film’lari yaratildi.
I.Karimovning “O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida..” asari asosida yaratilgan 
5 ta videofil’m, “O`zbekiston Qahramonlari” ruknidagi kinoocherklar, “Umid 
qaldirg’ochlari” hujjatli fil’mi bugungi hayotimizni, istiqlol tufayli erishgan 
yutuqlarimizni anglab olishga ko`maklashmoqda.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling