Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Tasviriy san’at rivojida 1997 yil Prezident farmoniga muvofiq O`zbekiston 
badiiy akademiyasining tuzilishi va “Tasviriy oyna” respublika ijodiy 
uyushmasining tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekiston xalq 
rassomlari M.Nabiev, B.Jalolov, mo`yqalam sohibi Z.Faxriddinov xalqimiz ongiga 
milliy g’urur, istqlol va Vatanga sadoqat tug’ularini uyg’otuvchi san’at asarlarini 
yaratdi.
AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreyada o`zbek 
rassomlarining ko`rgazmalari bo`lib o`tdi. Hindiston, Xitoy, Portugaliya
Bolgariya, Gresiya, Avstraliyada o`tkazilgan badiiy ko`rgazmada rassom-
dizaynerlar – L.Sadriddinov, F.Toshmuhammedov, K.Tursunov, T.Turg’unov, 
T.Qo`ziev o`z asari bilan qatnashdi.
Badiiy akademiyada 1999 yil avgustda mustaqillikning 8 yilligiga bag’ishlab 
“Eng ulug’, eng aziz” mavzusida o`tkazilgan ko`rgazmada Toshkent, Samarqand, 
Buxoro, Xorazm, Farg’ona va boshqa viloyat san’atkorlarining 600 dan ortiq 
asarlari namoyish etildi.
Sirk san’atining rivojlanishida 1992 yil “O`zbekdavlatsirk” respublika 
birlashmasining tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Toshkent sirki 
zamonaviy ta’mirlanib, unga dorbozlar sulolasi asoschisi, O`zbekiston xalq artisti 


541 
Toshkenboy Egamberdiev nomi berildi. Respublikada 1990 yil 7 ta an’anaviy sirk 
guruhi faoliyat yuritgan bo`lsa, 2001 yil 20 tadan oshdi, 1996 yil estrada-sirk 
kolleji ochildi. 
Respublikamiz sirk ustalari Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya, 
Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarida 
bo`ldi. O.Toshkenboev rahbarligidagi “O`zbekiston dorbozlari” guruhi 1996 yildan 
boshlab Evropa mamlakatlarida gastrol safarida bo`lib, 2000 dan ziyod tomosha 
ko`rsatdi. Parijdagi Buglion sirkida 1997 yil yanvarda bo`lgan yosh sirk 
artistlarining xalqaro festivalida 15 yoshli K.Zaripova qatnashib “Plastik etyud” 
(besuyak o`yini) janrida oliy mukofot – oltin medalni qo`lga kiritdi. 1998 yil 
Toshkent sirkida K.Zaripova rahbarligida iste’dodli yoshlarga ko`maklashuvchi 
bolalar studiyasi ochildi.
O`zbek sirkchilari 1999 yil BAAning Dubay shahrida va Saratovda, 2000 yil 
Xitoyning Uxan shahrida bo`lgan xalqaro festivallarda, 2001 yil Belgiyaning Lyej 
shahrida bo`lgan Evropa sirklarining 10-festivalida qatnashib sovrinli o`rinlarni 
egalladi. Toshkentda 1993 yil yangi “Hayvonot bog’i” ochildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling