Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Rossiya Federasiyasi va O`zbekiston 1992 yil 30 mayda I.Karimovning 
Rossiyaga tashrifi paytida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do`stlik va 
hamkorlik to`g’risida shartnoma imzoladi. Shartnoma ikki davlat o`rtasida 
hamkorlikni rivojlantirishga huquqiy asos soldi, diplomatik aloqalar o`rnatildi, 
elchixonalar ochildi. Rossiya Prezidenti B.Elsinning 1993 yil martda 
O`zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o`rtasida aloqalarni yanada 
mustahkamlashga ahdlashildi; 19 martda madaniyat, fan va texnika, ta’lim, 
sog’liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to`g’risida 
bitimlar imzolandi.
I.Karimovning 1994 yil martda Rossiyaga tashrifi yakunida O`zbekiston va 
Rossiya o`rtasida hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to`g’risida 
deklorasiya imzolandi. Shuningdek iqtisodiy integrasiyani chuqurlashtirish va 
harbiy hamkorlik to`g’risida shartnoma imzolandi.
Rossiya hukumati raisi V.Chernomirdinning 1995 yil 26-28 iyunda 
O`zbekistonga safari chog’ida ikki davlat o`rtasida hamkorlikni yanada 
kengaytirish to`g’risida memorandum; 1996-1997 yy. iqtisodiy hamkorlikning 
asosiy prinsiplari va yo`nalishlari to`g’risida; “Ilyushin” transnasional moliya-
sanoat qo`shma guruhini barpo etish haqida; oliy ta’lim sohasida va ilmiy-texnik 


555 
hamkorlik, Zominda “Supa” xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil 
etish, jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish haqida bitimlar; 
tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida hamkorlik dasturi imzolandi.
V.Putin Prezident bo`lgach Rossiya-O`zbekiston hamkorligini yangi 
bosqichga ko`tardi. U qisqa muddatda 2 marta - 1999 yil 10-11 dekabrda va 2000 
yil 18-19 mayda O`zbekistonga keldi. O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi tovar 
ayirboshlash hajmi 2000 yil 1 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. O`zbekistonda 527 
ta Rossiya qo`shma korxonasi, Rossiyada 293 ta O`zbekiston qo`shma korxonasi 
ishlamoqda.
I.Karimovning 2002 yil 3-5 mayda Rossiyaga tashrifi chog’ida O`zbekiston 
va Rossiya o`rtasida 2001-2003 yillarga mo`ljallangan hamkorlik to`g’risida 
hujjatlar qabul qilindi. I.Karimov va V.Putinning Qo`shma bayonati, chegara 
bo`yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. I.Karimovning 2004 yil aprelda 
Rossiyaga, V.Putinning 2004 yil iyunda O`zbekistonga tashrifi Rossiya-
O`zbekiston o`rtasidagi hamkorlikni yangi pog’onaga ko`tardi. O`zbekiston va 
Rossiya o`rtasida 2004 yil 16 iyunda strategik sheriklik to`g’risida 15 moddadan 
iborat bitim imzolandi.
O`zbekiston-Rossiya o`rtasida 2005 yil 14 noyabrda Moskvada “Ittifoqchilik 
munosabatlari to`g’risida shartnoma” imzolandi va kuchga kirdi. Prezident 
D.Medvedovning taklifiga binoan I.Karimovning 2010 yil 19-20 aprelda 
Rossiyaga tashrifi jarayonida ikki davlat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar 
hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat munosabatlari 
276 hujjatga tayangan holda rivojlanayotganligi qayd etildi. O`zbekistonda 843 ta, 
Rossiyada 385 ta O`zbek-Rossiya qo`shma korxonalari 2010 yil faoliyat ko`rsatdi.
Ukraina va O`zbekiston Respublikalari o`rtasida munosabatlarga asos 
solishda I.Karimovning 1992 yil avgustda Kievga tashrifi muhim ahamiyatga ega 
bo`ldi. 25 avgustda davlatlararo munosabatlarning asoslari, do`stlik va hamkorlik 
to`g’risida prezidentlar I.Karimov va L.Kravchuk shartnoma imzoladi. 
I.Karimovning 1994 yil 10-11 noyabrda Ukrainaga ikkinchi tashrifi, 1995 yil 20-


556 
21 iyunda L.Kuchmaning O`zbekistonga tashrifi ikki davlat munosabatlarini 
yanada yuqori pog’onaga ko`tardi. 
I.Karimovning 1999 yil oktyabrda Ukrainaga safari chog’ida O`zbekiston va 
Ukraina o`rtasida 1999-2008 yillarga mo`ljallangan iqtisodiy hamkorlik to`g’risida 
bitim imzolandi. O`zbekiston va Ukraina o`rtasida 1992-2002 yy. barcha sohalar 
bo`yicha 130 dan ortiq hujjat imzolandi. O`zbekistonning Qora dengizdagi Ukraina 
bandargohlari orqali Evropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yo`lga 
qo`yildi. O`zbekistonda Ukraina sarmoyalari ishtirokida 20 ta qo`shma korxona 
barpo etildi.
Belorus va O`zbekiston Respublikalari o`rtasida davlatlararo aloqalarga 
Belorus Oliy Kengashi raisi S.SHushkevichning 1991 yil 6 noyabrda 
O`zbekistonga tashrifi asos soldi. Belorus prezident A.Lukoshenkoning 1994 yil 
21-22 dekabrda Toshkentga tashrifi paytida davlatlararo, hukumatlararo hamda har 
ikki davlat muassasalari o`rtasida qachon 18 ta hujjat imzolandi.
Moldova va O`zbekiston Respublikalari 1995 yil 30-31 martda 
I.Karimovning Moldovaga safari chog’ida prezident M.Snegur bilan muzokaralar 
nihoyasida do`stona hamkorlik to`g’risida shartnoma imzoladi.
Gruziya va O`zbekiston o`rtasida qadimiy aloqalarni tiklashda 1995 yil 5 
sentyabrda Gruziya davlat rahbari va parlament raisi E.SHevarnadzening 
O`zbekistonga tashrifi chog’ida do`stlik va hamkorlik to`g’risida shartnoma 
imzolandi. Hamkorlik to`g’risida 20 dan ziyod hujjatlar imzolandi. Mazkur bitimni 
ro`yobga chiqarishda I.Karimov Gruziyaga tashrifi chog’ida E.SHevarnadze bilan 
1996 yil mayda hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish to`g’risida 
deklorasiya imzoladi. Ikki davlat o`rtasida 15 ga yaqin bitimlar imzolandi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling