Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet371/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

5-§. O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvi. 
O`zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va 
jahon hamjamiyatiga qo`shilishi 
XXI asr bo`sag’asida jahon taraqqiyoti mazmuni tubdan o`zgardi, ilgari 
bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan SSSR va AQSH etakchilik qilgan ikki ijtimoiy-
siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. “Sovuq urush” siyosati 
hukmronlik qilardi. XX asr 90-yillarida sosialistik dunyo etakchisi SSSR, 
sosialistik sistema va “Sovuq urush” siyosati barham topdi. Varshava Shartnomasi 
bloki tarqalib ketdi, yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi, SSSR parchalangach 
15 ta mustaqil davlat, jumladan O`zbekiston davlati bunyod etildi.
Xalqaro vaziyatda tub o`zgarishlar sodir bo`lsada dunyo tinchligiga tahdid 
soluvchi xavf va ziddiyatlar saqlanib qoldi. Mintaqaviy mojorolar tufayli 30 
mln.ga yaqin odam boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo`ldi. 
Xalqaro terroristlarning O`zbekiston, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda 
sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda. Ommaviy 
qirg’in qurolining saqlanayotganligi, yadro quroliga ega bo`lgan davlatlarning 
ko`payishi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid 
bo`lib qolmoqda.
Geografik-siyosiy jihatdan O`zbekiston Markaziy Osiyoning transport, 
energetika, suv tizimi markazida joylashgan. Geosiyosiy jihatdan O`zbekistonga 
qiyinchilik tug’diruvchi omillar ham mavjud. O`zbekiston Fors ko`rfazi, Kaspiy 
dengizi va Tarim havzalarining neft va gazga boy konlari joylashgan yarim 
halqaning strategik markazida joylashgani uchun energiya taqchilligi sharoitida 
ko`p davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari bu hududda 
to`qnashmoqda.
Qora, Boltiq, Yapon, Shimoliy dengizlariga chiquvchi qisqa yo`l 3 ming 
km.ni tashkil etadi, bu O`zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi va 
mahsulotlarning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi. 


547 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling