Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi
O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo
davlatlari bilan hamkorligi Sobiq Ittifoq (SSSR) 1991 yil 19-22 avgust voqealaridan keyin siyosiy inqirozga uchradi va parchalana boshladi, respublikalar birin-ketin o`zlarini mustaqil davlat deb e’lon qildilar. Minskda 1991 yil 8 dekabrda uch slavyan respublikasi – Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari – B.Elsin, L.Kravchuk, S.SHushkevich Belovejskaya Pushchada Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH)ni tuzish to`g’risida SHartnoma imzoladi. 553 Qozog’iston, O`zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston prezidentlari 1991 yil 13 dekabrda Ashgabatda uchrashdi. Uchrashuvda Minskda imzolangan MDH haqidagi shartnoma yuzasidan Bayonat qabul qilindi. Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi 1991 yil 21 dekabrda tashkil topdi. Almati kengashida 11 davlat: Rossiya (Elsin), Ukraina (Kravchuk), Belorus (SHushkevich), Qozog’iston (Nazarboev), O`zbekiston (Karimov), Qirg’iziston (Akaev), Tojikiston (Nabiev), Turkmaniston (Niyozov), Ozarbayjon (Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldova (Snegur) boshliqlari Protokol imzolab MDH muassisi bo`ldi va Almati deklarasiyasi qabul qilindi. Moskvada 1992 yil fevralda bo`lgan MDH davlatlari boshliqlarining kengashida: ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida o`zaro aloqalar haqida; hududlardan yuklarni soliqlarsiz o`tkazish haqida; gidrometeorologiya sohasidagi o`zaro aloqalar haqida bitimlar, temiryo`l transportida yo`lovchi va yuk tashishning yagona tarifi haqida ahdnoma imzolandi. Kievda 1992 yil 20 martda MDH davlatlari boshliqlari Sobiq Ittifoq mulki, davlat banki, qarzlari, arxivi haqida muhokama qildi. Davlatlar chegaralarini va hamdo`stlikning dengiz iqtisodiy zonalarini qo`riqlash haqida bitim imzolandi. Toshkentda 1992 yil 15 mayda bo`lgan MDH davlatlari rahbarlarining Kengashida moliyaviy hamkorlik, havo bo`shlig’idan foydalanish, kosmik dasturlarni bajarish, yagona byudjetni shakllantirish, chegara qo`shinlarini pul bilan ta’minlash tartibi, kollektiv xavfsizlik, yagona axborot makoni kabi masalalar muhokama qilindi. Minskda 1993 yil yanvarda MDH davlatlari boshliqlarining Kengashida MDHning Nizomi imzolandi va MDHni huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. MDH davlatlari boshliqlarining Ashgabatda 1993 yil 24 dekabrda bo`lgan Kengashida davlatlararo “Mir” telekompaniyasi faoliyatini ta’minlash va dolzarb masalalar haqida bitim imzolandi. Moskvada 1994 yil 21 oktyabrda MDH davlatlari boshliqlarining 16- Kengashida 10 ga yaqin masalalar muhokama qilindi: asosiy e’tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integrasiyasiga doir masalaga qaratildi, Kengashda 554 Iqtisodiy ittifoqning Davlatlararo iqtisodiy qo`mitasi (DIQ) tuzildi. 1991-1999 yy. MDH davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo`lib o`tdi; ularda hamma sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, hujjatlar imzolandi. MDH davlatlari boshliqlarining 2000 yil 24-25 yanvarda Moskva Sammitida Rossiya davlat boshlig’i V.Putin hamdustlik davlatlari boshliqlari kengashining raisi etib saylandi, Ukraina Bosh vaziri V.Yushenko MDH mamlakatlari hukumat boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. MDH davlatlari boshliqlarining 2000 yil 21 iyunda Moskva Sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo etish va integrasiyani faollashtirish yuzasidan 2005 yilgacha Hamdo`stlikni rivojlantirish Dasturi muhokama qilindi. MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag’ishlangan yubiley Sammiti Moskvada 2001 yil 29-30 noyabrda bo`ldi; sammit qatnashchilari Afg’onistondagi voqealar to`g’risida Bayonot qabul qildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling