Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

do`stlik haqida shartnoma imzolandi. O`zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston 
prezidentlari 1997 yil 12 dekabrda Astanada bo`lgan kengashda xalqaro 
konsorsiumlar tuzish bo`yicha 3 mamlakat hamkorligi tamoyillari konsepsiyasini 
ma’qulladi.
Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga 1998 yil 
a’zo bo`lib kirdi. Toshkentda 2000 yil 20-21 aprelda O`zbekiston, Qozog’iston, 
Qirg’iziston, Tojikiston prezidentlari uchrashuvi bo`ldi. 4 davlat prezidentlari 
xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizmga qarshi kurash to`g’risida 
shartnoma imzoladi. Markaziy Osiyo davlatlari hamkorlik sohasida 200 dan ortiq 
hujjat imzolagan bo`lsada, bu masalaga tegishli hujjat yo`q edi.
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati davlat boshliqlari 2000 yil 14 iyulda 
Dushanbeda bo`lgan kengashda Sirdaryo va Amudaryo suv-energetika 
zaxiralaridan foydalanish, MOIHning 2002 yilgacha muddatda yagona iqtisodiy 
makonni yaratish dasturi to`g’risida, 2005 yilgacha integrasiyani rivojlantirish 
strategiyasi haqida qarorlar qabul qildi.
MOIH davlatlari boshliqlari 2001 yil Toshkent kengashida MOIH 
tashkilotini to`xtatishga qaror qildi va I.Karimov taklifiga binoan MOIH negizida 
Markaziy Osiyo Hamkorligi (MOH) tashkilotini tuzishga kelishdi. Markaziy Osiyo 
davlatlari boshliqlari 2002 yil 28 fevralda Almati uchrashuvida MOHni ta’sis etish 
to`g’risida shartnoma imzoladi. MOH huquqiy jihatdan rasmiylashdi, uning raisi 
etib I.Karimov saylandi, unga 4 ta mamlakat a’zo bo`ldi.
MOH tashkilotiga a’zo davlatlar boshliqlarining 2002 yil 6-7 iyulda Oqtov 
(Qozog’iston), 5-6 oktyabrda Dushanbe, 27 dekabrda va 2004 yil 28 mayda Astana 
Sammitlari; 2002 yil noyabrda Toshkentda MOHga a’zo davlatlar parlamentlari 
rahbarlari va ishbilarmonlarining Forumlari bo`ldi.
MOH tashkiloti davlat rahbarlarining 2005 yil 6-7 oktyabrda Sankt-
Peterburg kengashida qilingan ishlar sarhisob qilinib, Markaziy Osiyo umumiy 
bozorini barpo etish konsepsiyasi tasdiqlandi. MOHning bu galgi sammiti 


560 
Evrosiyoda integrasiyalashuv jarayonidagi burilish nuqtasi bo`lib I.Karimov 
tashabbusi bilan MOH va Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyati negizida Evroosiyo 
Iqtisodiy Hamjamiyati (EOIH)ni tuzishga qaror qilindi. Rossiya, Belorus, 
Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston 1995 yil tuzgan Bojxona ittifoqi negizida 
EOIH tashkil topgan edi. EOIHning 2006 yil 24-25 yanvarda Sankt-Peterburg 
Sammitida O`zbekiston EOIHga a’zo bo`ldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling