Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy Osiyoda
- 1-uchrashuvi
- O`rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston
- Markaziy Osiyo
Ozarbayjon va O`zbekiston o`rtasida 1996 yil 27 mayda I.Karimov
Ozarbayjonga tashrifi paytida do`stlik va hamkorlik to`g’risida shartnoma imzolandi hamda aloqalar yo`lga qo`yildi. 20 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Latviya va O`zbekiston o`rtasida I.Karimovning 1995 yil Latviya Respublikasiga tashrifi chog’ida I.Karimov va G.Ulmanis do`stlik va hamkorlik 557 to`g’risida shartnoma imzoladi; G.Ulmanisning 1996 yil 23 mayda O`zbekistonga safari ikki mamlakat o`rtasida aloqalarni yanada chuqurlashtirdi. Litva va O`zbekiston o`rtasida 1995 yil iyunda I.Karimovning Litvaga tashrifi chog’ida A.Brazauskas bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish to`g’risida qo`shma deklarasiya imzolandi. I.Karimovning 2002 yil 23-25 sentyabrda Litvaga tashrifi ikki davlat o`rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko`tardi. Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar: Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik, do`stlikni mustahkamlash O`zbekiston tashqi siyosatining ta’sirli yo`nalishlaridan biridir. Sobiq Ittifoq mavjudligi, uning ahvoli yomonlashib borayotgan sharoitda 1990 yil iyunda Almatida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining 1-uchrashuvi bo`ldi. Davlat boshlari har yili uchrashishga ahdlashdilar. Almatida 5 ta respublika davlat boshliqlari: I.Karimov, N.Nazarboev, A.Masaliev, Q.Mahkamov, S.Niyozov O`rta Osiyo va Qozog’iston xalqlariga Murojaatnoma hamda respublika rahbarlari Bayonatini imzoladi. Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi 1991 yil 13-15 avgustda Toshkentda bo`ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot va respublikalararo Maslahat kengashi tuzish haqida bitim imzolandi. O`rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston davlat boshliqlarining 1991 yil 13 dekabrda Ashgabatda uchrashuvida Tajan-Seraxs temiryo`l qurilishi bo`yicha bitim imzolandi. Uni O`zbekiston (Karimov), Qozog’iston (Nazarboev), Qirg’iziston (Akaev), Turkmaniston (Niyozov) prezidentlari imzoladi. CHernobil va Orol fojiasini tugatish haqida qaror qabul qildi. O`rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston prezidentlari yig’ilishi I.Karimov tashabbusi bilan 1993 yil 4 yanvarda Toshkentda bo`ldi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda O`rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston tushuniladigan bo`ldi. Toshkent uchrashuvida Tojikistonda 1992 yil boshlangan urush haqida fikr almashindi va bir-biriga elchilar yuborishga qaror qilindi. Uni 1993 yil 1 fevralgacha hal qilish tashqi ishlar vazirliklariga topshirildi. Uchrashuvda Orolni saqlab qolish xalqaro 558 jamg’armasini tuzish to`g’risida qaror qabul qilindi va jamg’arma majlislarini Qizil O`rda, Nukus va Tashovuzda o`tkazish zarur deb topildi. Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining anjumani 1993 yil martda Qizil O`rdada Rossiya delegasiyasi ishtirokida bo`ldi. Orol dengizi bilan shug’ullanuvchi Davlatlaro kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sis etildi. Qatnashchilar Qozog’iston, Qirg’iziston, O`zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya nomidan BMT Bosh kotibi Butros G’oliyga maktub yo`lladi. Unda Orolbo`yi muammolarini hal qilishga xalqaro hamjamiyatning e’tiborini jalb qilish haqida uni xabardor qildi. Orol bilan shug’ullanuvchi Davlatlaro kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo`shma majlisi 1993 yil avgustda Nukusda bo`ldi. Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining 1994 yil 11 yanvarda Nukusda Rossiya delegasiyasi (Yu.Yakovlev, Bosh vazir o`rinbosari) ishtirokida bo`lgan konferensiyada Orolni qutqarish bo`yicha Davlatlaro kengash Nizomi tasdiqlandi. Yagona iqtisodiy makon to`g’risida shartnoma 1994 yil 16 yanvarda O`zbekiston bilan Qozog’iston o`rtasida imzolandi. O`zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o`rtasida 1994 yil 30 aprelda Cho`lponota shahrida yagona iqtisodiy makon to`g’risida uch tomonlama shartnoma imzolandi. O`zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston prezidentlari 1994 yil iyul boshida Almati uchrashuvida o`zaro integrasiyani kuchaytirish bo`yicha bitim imzoladi. Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki (Sentraz bank) tashkil etildi, natijada Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi. O`zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston prezidentlari 1995 yil 14 aprelda Chimkentda uchrashuvida Markaziy Osiyo davlatlari integrasiyasini jadallashtirish bo`yicha hujjat (kommyunike) imzoladi, bu borada 2000 yilgacha dastur ma’qullandi. O`zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlatlararo kengashining 1995 yil 15 dekbrda Janbulda bo`lgan majlisida integrasiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab chiqildi, uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv bataloni shakllantirildi. 559 O`zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlat boshliqlari kengashi 1997 yil 9-10 yanvarda Bishkekda bo`ldi. Unda 3 qardosh davlatlar o`rtasida abadiy Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling