Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- J.M.Barrozo
- Rixard fon Vayzenker
Evropa Ittifoqi (EI) mamlakatlari bilan O`zbekiston o`zaro aloqalarni
yo`lga qo`yishi O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvida alohida o`rin tutadi. Florensiyada 1996 yil 21 iyunda imzolangan Evropa Ittifoqi (EI) va 568 O`zbekiston o`rtasidagi “Sheriklik va hamkorlik to`g’risidagi bitim”, uning 1999 yil 1 iyulda kuchga kirishi O`zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o`zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi. O`zbekistonda 2005 yilgacha EIga a’zo mamlakatlarning 145 ta firma va kompaniyasi vakolatxonalari akkreditasiya qilindi. Evropalik sarmoyadorlar ishtirokida 491 ta korxona tashkil etildi, ulardan 111 tasi yuz foizlik Evropa kapitaliga ega. I.Karimovning 2011 yil yanvarda Bryusselga tashrifi O`zbekistonning EI bilan NATO bilan munosabatlarining yangi sahifasini ochdi. I.Karimov EI Komissiyasi Prezidenti J.M.Barrozo va NATO Bosh kotibi A.F.Rasmissen bilan uchrashib xavfsizlik, energetikaga doir hujjatlar imzoladi Germaniya bilan O`zbekistonning o`zaro manfaatli aloqalari kengayib borayotganining sababi, Germaniya - EIning a’zosi, ulkan iqtisodiy va ilmiy- texnikaviy salohiyatga ega davlatdir. I.Karimovning 1993 yil 28 aprelda Germaniyaga boshlangan 5 kunlik tashrifi ikki davlat o`rtasida munosabatlarni yo`lga qo`yishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. I.Karimovning bu safari O`zbekistonga Evropa sari katta yo`lni ochdi. I.Karimov GFR Federal prezidenti Rixard fon Vayzenker va Federal kansleri Gelmut Kol bilan samimiy, o`zaro tenglik asosida, ishonch bilan suhbatlashdi va bo`lajak hamkorlik poydevori qo`yildi. Germaniya sanoatini o`rganishga O`zbek delegasiyasi katta e’tibor berishdi. Doychebank, Mersedes-Benz va Simens kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga kelishdi; safar natijasiga ko`ra Toshkentda GFR elchixonasi ochildi. O`zbekistonning Evropada birinchi elchixonasi GFR poytaxti Bonnda 1994 yil 1 sentyabrda ochildi. Hozir elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlinda faoliyat yuritmoqda. O`zbekistonda 1995 yil aprelda bo`lgan prezident Roman Gersog O`zbekistonda yashayotgan 50 mingdan ortiq nemis millatiga mansub O`zbekiston fuqarolari hayoti bilan tanishdi, u nemislar uchun teng imkoniyatlar yaratilganidan mamnun bo`ldi. Germaniyaning “Geydelberg” firmasi O`zbekistonda nashriyot-matbaa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik 569 kompaniyadir. O`zbekiston-Germaniya-Rossiya hamkorligida 2001 yil “Namangan qog’oz” qo`shma korxonasi qurildi. I.Karimovning 2001 yil 2-5 aprelda GFRga, Germaniya kansleri Gerxard Shryodorning 2002 yil 9-10 mayda O`zbekistonga safari O`zbekiston-Germaniya o`rtasidagi o`zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko`tardi. O`zbekistonda 1997 yil 55 ta Germaniya kompaniyasining vakolatxonalari faoliyat yuritgan, 2001 yil 80 taga etdi, ularning eng yiriklari “Xobas TARO”, “Xiva Karpet”dir. Germaniyalik sarmoyadorlar ishtirokida 2003 yil turli sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko`rsatdi; ulardan 40 tasi 100 % lik Germaniya kapitaliga ega, GFR O`zbekistonning Evropadagi eng yirik iqtisodiy hamkoridir. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling