Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet386/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Evropa mamlakatlari: Finlandiya, Avstriya, Belgiya, SHvesariya, Italiya, 
Ispaniya, Gresiya, Polsha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya 
bilan O`zbekiston siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatdi. 
SHvesariyaning Altendorf shahrida ochilgan O`zbekiston Savdo uyi bugungi 
kunda Evropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblangan SHvesariyadagi 
O`zbekistonning vakolatxonasiga ham aylandi. 
Jenevada 1995 yil oktyabrda “O`zbekistonda xususiylashtirish: hamkorlik 
uchun imkoniyatlar” mavzusida konferensiya bo`ldi. 1995 yil noyabrda Londonda 
bo`lgan “O`zbekistonda biznes” konferensiyasida iqtisodiy islohatlarning 
xususiyatlari muhokama qilindi. SHtutgartda bo`lgan “Buyuk ipak yo`li merosi: 
O`zbekiston” ko`rgazmasi O`zbekistonning aql-ziyo sohasida jahonda tutgan 
o`rniga berilgan katta baho bo`ldi.
Davosda har yili o`tadigan jahon iqtisodiy anjumanida I.Karimovning 
ishtirok etishi va so`zlagan nutqlari O`zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb 
qilishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekistonda xorijiy sarmoya ishtirokida 


571 
barpo etilgan 2000 dan ortiq qo`shma korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan 
sheriklari bilan birgalikda faoliyat ko`rsatadi.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonga kiritilgan chet el sarmoyalari 30 mlrd 
AQSH dollaridan oshdi. 80 dan ortiq xorijiy bank bilan munosabatlar o`rnatilgan, 
140 mamlakat bilan savdo qilmoqda, har yilgi tovar ayirboshlash hajmi 6-8 mlrd 
AQSH dollarini tashkil etdi. 
I.Karimov “Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida” asarida: “O`tgan 
davrning har bir yilini tariximizning o`n yilliklariga, hatto asrlariga tenglashtirish 
mumkin” - deb aytgan edi. (6-jild, 1998). 
XX asrda ham qadimgi tarixiy jarayon takrorlandi: mazlum xalqlarning 
milliy-ozodlik harakati natijasida jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo`ldi, 
imperiyalar quladi, yirik imperiya SSSR ham quladi. 
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ham ichki va tashqi 
dushmanlar tomonidan xavfli xurujlar uyushtirildi: 1991 yil oktyabrda Oliy 
Kengashdagi va 1992 yil yanvarda Toshkentning talabalar shaharchasida 
uyushtirilgan tartibsizliklar; 1999 yil fevralda Toshkentda terrorchilar uyushtirgan 
portlashlar; 1999, 2000, 2001 yillarda Afg’onistondan terrorchilarning 
chegaramizga bostirib kirishi; 2004 yil Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent 
viloyatlarida; 2005 yil Andijon shahrida terrorchilik harakatlari mustaqillikka 
zarba berishga urindi. 
I.Karimov 
“O`zbekistonda 
demokratik 
o`zgarishlarni 
yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy 
yo`nalishlari” nomli nutqida: “Jahon hamjamiyati xalqaro terrorizmga qarshi e’lon 
qilingan kurashda davlatimiz va jamiyatimiz ham qat’iy bel bog’laganini dunyo tan 
olmoqda va O`zbekistonga hurmat bilan qaramoqda”, - degan edi. (Xalq so`zi, 
2002 y. 30 avgust).
Tayanch so`zlar: Xu Szintao, K.D.Jung, Akixito, Suxarto, J.Bush, A.Gor, 
J.M.Barrozo, A.F.Rasmissen, G.Kol, Qirolicha Veatriks, F.Mitteran, Parij 
Xartiyasi, Qirolicha Elizaveta II, “Lonro”, Altendorf,
SHtutgart, “Buyuk ipak yo`li 
merosi: O`zbekiston”. 


572 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling