Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet383/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Malayziya va Indoneziya – Tinch okeani havzasi mamlakatlari bilan 
O`zbekiston 1992 yil iyunda I.Karimovning Malayziya va Indoneziyaga safari 
kunlari diplomatik aloqalar o`rnatdi. Indoneziya Respublikasi prezidenti 
Suxartoning 1995 yil 8-10 aprelda O`zbekistonga tashrifi paytida Indoneziya va 
O`zbekiston o`rtasidagi munosabatlar va hamkorlik tamoyillari to`g’risida qo`shma 
bayonnoma imzolandi.
Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi: Vetnam Sosialistik Respublikasi, 
Kombodja, Tailand, Avstraliya bilan O`zbekiston siyosiy-diplomatik aloqalarni 
yo`lga qo`ydi.
AQSH va O`zbekiston o`rtasida diplomatik aloqalar AQSH davlat kotibi 
Jeyms Beykerning 1992 yil 15-16 fevralda O`zbekistonga tashrifi chog’ida 
o`rnatildi. Toshkentda birinchi bo`lib 1992 yil 16 martda AQSH elchixonasi 
ochildi. AQSH davlat departamenining maxsus topshiriqlar bo`yicha elchisi Strob 
Talbot 1993 yil 14 sentyabrda Hamkorlik qilish masalalarida I.Karimov bilan 
suhbatlashdi. AQSH mudofaa vaziri Uilyam Persi 1995 yil 6 aprelda 
O`zbekistonga kelgan chog’ida O`zbekistonning NATO “Tinchlik yo`lida 
hamkorlik” dasturida ishtiroki muhokama qilindi. 
I.Karimov 1995 yil BMT yubiley sessiyasi kunlarida AQSH vise-prezidenti 
Albert Gor bilan uchrashdi. I.Karimov 1996 yil 23-28 iyunda AQSHga tashrifi 
paytida AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Uchrashuv ikki mamlakat 
o`rtasidagi munosabatlarga siyosiy zamin hozirladi. O`zbekistonning AQSHdagi 
elchixonasi 1996 yil 25 iyunda ochildi, marosimda I.Karimov, AQSH davlat 
departamentining MDH davlatlari bo`yicha vakili J.Kollinz qatnashdi. O`zbek 


567 
delegasiyasi Texas shtati poytaxti Xyustonda neft va gaz sanoati bilan bog’liq 
bo`lgan yirik korporasiya va kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi.
O`zbekistonda “Gazomotors” va “Gazkompressor” qo`shma korxonalari 
tuzish to`g’risida I.Karimov Tennessi shtati gubernatori T.Sandkvest bilan hujjat 
imzoladi; Kolorado shtati gubernatori R.Romer bilan hamkorlik haqida bitim 
imzoladi. I.Karimov 1996 yil 28 iyunda “Nyumont Mayning” korporasiyasi 
prezidenti R.Kembri bilan uchrashib O`zbekiston geologiya qo`mitasi bilan 
“Nyumont Mayning” va “Misui” korporasiyalari birgalikda oltin konlarini ishga 
tushirish va qo`shma korxona tuzish to`g’risida bitim imzoladi.
O`zbekistonda 1996 yil boshigacha amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 
200 ta qo`shma korxona tashkil topdi. Navoiy viloyatida tog’ jinslaridan oltin va 
kumush ajratib oluvchi “Zarafshon-Nyumont” korxonasi 2002 yilgacha 83 tonna 
oltin tayyorladi, AQSHning 28 ta kompaniya, firma va banki o`z vakolatxonalarini 
ochgan. O`zbekiston va AQSH hamkorlikda 2001 yil 70 dar ortiq loyihani amalga 
oshirib, 305 ta qo`shma korxona barpo etilgan; “Zarafshon-Nyumont”, “O`z-
Teksako”, “O`z-Keysmash”, “O`z-Keystraktor”, “O`z-Eksayd”, “BiEyAy”ning 
Xo`jabod gaz ombori, “AVV Lummus Global” bilan hamkorlikda SHo`rtan gaz-
kimyo majmuasi qurildi. AQSH va O`zbekiston o`rtasida 1991-2001 yy. 
sentyabrgacha davlat ahamiyati darajasida 28 ta tashrif qayd etilgan. 2001 yil 
sentyabrdan 2002 yil aprelgacha 20 ga yaqin tashrif amalga oshirildi.
AQSHda 2001 yil 11 sentyabrda xalqaro terroristlar sodir etgan fojiali 
voqealar paytida O`zbekiston birinchi bo`lib AQSHning Xalqaro terrorizmga 
qarshi aksilterror kaolisiya tuzish taklifi tarafdori bo`ldi. Prezident J.Bush taklifiga 
binoan 2002 yil 11-14 martda I.Karimovning AQSHga tashrifi chog’ida “AQSH 
va O`zbekiston o`rtasida o`zaro sheriklik va hamkorlik asoslari to`g’risida 
deklorasiya” imzolandi. I.Karimov Amerika jamoatchiligi tomonidan “Xalqaro 
miqyosdagi lider” mukofoti bilan taqdirlandi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling