Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Saudiya
Arabistoni, Misr Respublikasi bilan O`zbekiston munosabatlarining asoslari to`g’risida shartnoma I.Karimovning tashrifi chog’ida imzolandi. Ummon, Qatar va boshqa Arab mamlakatlari bilan O`zbekiston aloqalari rivojlanmoqda. O`zbekiston yoshlari Qohira, “Al-Azxor” va “Ayn Shams”; misrliklar Toshkent Texnika va Agrar universitetlarida tahsil olmoqda. Hindiston va O`zbekiston o`rtasida “munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to`g’risida” shartnoma 1993 yil 23-25 mayda Bosh vazir N.Rao O`zbekistonga tashrifi paytida imzolandi. I.Karimovning 1993 yil 17-19 avgustda, 2000 yil 1-3 mayda Hindistonga safarlari ikki mamlakat hamkorligini yuqori pog’onaga ko`tardi. 10 ga yaqin, jami 40 hujjatlar imzolandi. Hindistonning “TATA Projekte LTD” firmasi tomonidan Toshkentda qurilgan 600 o`rinli mehmonxona 1995 yil 564 25 avgustda ochildi. Hindiston bilan hamkorlikda 30 ga yaqin qo`shma korxona 2000 yil O`zbekistonda faoliyat ko`rsatmoqda. Xitoy va O`zbekiston o`rtasida 1992 yil 2-3 yanvarda XXR tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri Li Lanzin Toshkentda bo`lgan kunlari diplomatik munosabatlar o`rnatildi va elchixonalar ochishga qaror qilindi. I.Karimovning 1992 yil 12-14 martda XXRga tashrifi ikki davlat o`rtasidagi hamkorlikka asos soldi, 20 ga yaqin hujjatlar imzolandi. XXR davlat Kengashi raisi Li Pen 1994 yil 18-20 aprelda O`zbekistonga tashrifi paytida O`zbekistonda tayyorlanayotgan IL-76 TD va IL-114 samolyotlarini Xitoy xarid qiladigan bo`ldi. I.Karimov 1994 yil 24-25 oktyabrda Xitoyga ikkinchi marta qilgan safarida muhim ahamiyatga molik bo`lgan hujjatlar: “Xitoy va O`zbekiston munosabatlarining asosiy prinsiplari, hamkorlikni rivojlantirish to`g’risida bayonnoma”, ikki davlat o`rtasida konsullik shartnomasi imzolandi. 1998 yil tuzilgan “O`zbekiston-Xitoy do`stlik jamiyati” gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga faol hissa qo`shmoqda. I.Karimovning 1999 yil 8-10 noyabrda XXRga uchinchi marta safari chog’ida siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, telekommunikasiya sohasida hujjatlar imzolandi. O`zbekiston-Xitoy munosabatlariga doir masalalar XXR Raisi Xu Szintao 2004 yil 14 iyunda va 2010 yil 9 iyunda O`zbekistonga tashrifi chog’ida ikki davlat boshliqlari uchrashuvida muhokama qilindi. Toshkentda 2005 yil Konfusiy nomidagi institutni tashkil etish bo`yicha bitim imzolandi, jami 10 ta hujjat imzolandi. O`zbekistonda 78 ta O`zbekiston-Xitoy qo`shma korxonasi faoliyat ko`rsatmoqda. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling