Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Janubiy Koreya va O`zbekiston o`rtasida 1992 yil martda diplomatik aloqa
o`rnatildi. I.Karimov 1992 yil 19 iyunda Janubiy Koreyaga bordi. “O`zbekiston va J.Koreya o`rtasida munosabatlar va hamkorlik asoslari to`g’risida” deklorasiya imzolandi, DEU Korporasiyasi rahbariyati bilan Asakada avtomobil zavodi qurishga kelishildi. “O`zDEUavto” O`zbekiston – Janubiy Koreya qo`shma avtomobil zavodini loyihalash, qurish ishlari 1992-1996 yy amalga oshirildi. 565 Zavod 1995 yil 25 martda avtomobil ishlab chiqarishni boshladi, O`zbekiston jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakat bo`ldi. I.Karimov 1999 yil 4-6 oktyabrda J.Koreyaga tashrifi paytida yangi prezident K.D.Jung bilan XXI asrda yangicha ruhdagi sheriklik to`g’risida qo`shma bayonot imzoladi. “O`zDEUavto” zavodida Neksiya-2, Matiz avtomobillar ishlab chiqarish, Toshkentda DEU avtodvigatel ishlab chiqaruvchi korxona qurish haqida hujjat imzolandi. Koreyaning “Kobul Tekstayl” kompaniyasi ishtirokida Toshkent va To`ytepada qo`shma korxonalar barpo etildi. O`zbekistonda 70 dan ortiq Koreya hamkorligida qo`shma korxona barpo etildi. Yaponiya va O`zbekiston o`rtasida 1992 yil o`zaro diplomatik aloqalar o`rnatildi. Yaponiya 1991 yildayoq O`zbekiston mustaqilligini tan oldi. I.Karimovning 1994 yil 16-19 mayda Yaponiyaga tashrifi paytida “O`zbekiston va YAponiya o`rtasida munosabatlarning asosiy prinsiplari haqida” qo`shma bayonot imzolandi. O`zbek delegasiyasi “Panasonik” konsernida bo`lib, uning rahbariyati bilan O`zbekistonda filial ochishga kelishildi. O`zbekistonda Yaponiyaning Misui, Misubisi, Itochu, Sumitoto, Tomen, Marubeni, Nishe Ivai kabi mashhur korporasiyalarining doimiy vakolatxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekistonga Yaponiya 156,1 mln. dollar beg’araz yordam berdi. O`zbekistonga 1999 yil aprel, 2001 yil mayda Yaponiyaning “Keydzay Doyukay” Korporativ rahbarlar uyushmasining prezidenti Koichi Minaguchi boshchiligidagi delegasiyasi tashrif buyurdi. Bu uyushma eng yirik korporasiya va kompaniyalarning 1600 ga yaqin rahbar xodimlaridan tashkil topgan. I.Karimov 2002 yil 28-31 iyulda Yaponiyaga tashrifi paytida bosh vazir Dzunitiro Koidzumi va imperator Akixito bilan uchrashdi, jami 14 ta hujjat imzolandi. YAponiyaning “Isuzu Motors” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand avtomobil zavodida “Isuzu” rusumli avtobuslar, yuk, chiqindi tashish mashinalari, ko`tarma kranlar ishlab chiqarilmoqda. I.Karimov Tokiodagi “Vaseda” va “Soka” universitetlarida bo`ldi, unga mazkur universitetlarning faxriy doktori unvonlari berilgan. “Soka” universitetida A.Navoiy haykali o`rnatilgan. 566 I.Karimov O`zbekistonning “Do`stlik ordeni”ni “Vaseda” universiteti rektori Takayasi Okushima va arxeolog olim Kyudzo Katoga taqdim etdi. I.Karimov 2011 yil 8-10 fevralda YAponiyaga tashrifi chog’ida bosh vazir N.Kan va imperator Akixito bilan uchrashdi. O`zbekistonda 10 dan ortiq O`zbekiston-Yaponiya qo`shma korxonasi barpo etildi. Yaponiya granti asosida 2000-2010 yy. o`zbekistonlik 206 ta talaba Yaponiyada ta’lim oldi va magistr darajasiga ega bo`ldi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling