Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


O`zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalari 
Yaqin va O`rta Sharq hamda Arab mamlakatlari bilan O`zbekiston birinchi 
navbatda munosabatlar o`rnatishga kirishdi. Negaki O`zbekistonning ruhi, dini, 
urf-odatlari va an’analari Osiyodagi mamlakatlar bilan yaqindir.
Turkiya birinchi bo`lib O`zbekiston mustaqilligini tan olgan. I.Karimov 
boshliq delegasiya 1991 yil 16-19 dekabrda Turkiyada bo`ldi. I.Karimov Prezident 
T.O`zol, bosh vazir S.Demirel bilan uchrashib O`zbekiston va Turkiya o`rtasida 
munosabatlarning asoslari va maqsadlari to`g’risida shartnoma imzoladi. 1992 yil 
28 aprelda O`zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada O`zbekiston elchixonasi 
ochildi. O`zbekistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiq qo`shma 
korxona barpo etildi. 
Turkiya rahbarlari: T.O`zol, S.Demerel, T.CHiller, M.Yilmazar, A.Sezerning 
O`zbekistonga tashrifi chog’ida imzolagan hujjatlar hamkorlikni yanada 
chuqurlashtirdi. “O`zavtosanoat” va Turkiyaning “KochXolding” koserni 1996 yil 
iyunda Samarqandda “SamKo`chavto” o`zbek-turk qo`shma korxonasini barpo 
etish to`g’risida shartnoma tuzdi; sig’imi o`rtacha avtobuslar va 8 tonnagacha yuk 
ko`taradigan yuk avtomobillarini yig’ish yo`lga qo`yildi.
Pokiston va O`zbekiston o`rtasida aloqalarga 1992 yil 27-28 iyunda 
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri N.SHarifning O`zbekistonga tashrifi asos 
soldi; “O`zbekiston bilan Pokiston o`rtasida munosabatlar va hamkorlik prinsiplari 
to`g’risida” shartnoma imzolandi. 1992 yil 13-14 avgustda I.Karimovning 
Pokistonga, 1995 yil may va noyabrda Bosh vazir B.Bxuttoning O`zbekistonga 
tashrifi ikki davlat o`rtasidagi hamkorlikni yangi pog’onaga ko`tardi va 
kengaytirdi. O`zbekistonda Pokiston sarmoyalari ishtirokida 120 ta qo`shma 


563 
korxona tuzilgan. “Tabani”, “Merkuriy”, “Metro”, “Laksan Taraka” kabi 19 ta 
yirik firma va kompaniya faoliyat ko`rsatmoqda.
Eron va O`zbekiston o`rtasidagi aloqalarga I.Karimovning 1992 yil 24-25 
noyabrda Eron Islom Jumhuryatiga tashrifi asos soldi. “O`zbekiston va Eron 
o`rtasida munosabatlarning asoslari to`g’risida” deklorasiya imzolandi. Eron 
prezidenti A.H.Rafsanjoniyning O`zbekistonga 1993 yil 18 oktyabrda tashrifi ikki 
davlat aloqalarini yanada kengaytirdi, tranzit aloqalarni tartibga solish va xalqaro 
avtomabil qatnovi to`g’risida bitim imzolandi. Eron prezidenti S.M.Hotamiyning 
2002 yil 26 aprelda O`zbekistonga tashrifi paytida imzolangan hujjatlar ikki davlat 
o`rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini yanada boyitdi. 
Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 
(EKO)ga O`zbekiston ham 1992 yil a’zo bo`lib kirdi. O`zbekiston, Qozog’iston, 
Qirg’iziston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlatlari rahbarlari 
uchrashuvi 1992 yil 10 mayda Ashgabatda bo`ldi. Unda Transosiyo temiryo`lini 
vujudga keltirish maqsadida Tajan-Seraxs-Mashxad temiryo`li qurish haqida bitim 
imzolandi. Uzunligi 295 km bo`lgan Tajan-Seraxs-Mashxad temiryo`li 1992-1996 
yy. qurildi va 1996 yil 12 mayda ochilish tantanalari bo`ldi. Unda 50 mamlakat 
vakillari qatnashdi, temiryo`lning 132 kilometri Turkmaniston hududida qurildi
uni qurishda o`zbekistonlik yo`lsozlar faol qatnashdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling