Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Shavkat Miromonovich Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Shavkat Miromonovich Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti.
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 90, 117 - moddalariga, «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g’risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 35, 36 - moddalariga, «O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to`g’risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9 - moddalariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Miromonovich Mirziyoevni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to`g’risida qaror qabul qildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonini beshta xalqaro tashkilot – Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari uyushmasi va Islom hamkorlik tashkilotidan hamda Amerika, Evropa, Osiyo va Afrikaning 46 ta davlatidan 600 nafarga yaqin kuzatuvchi kuzatib borgani siyosiy kampaniya demokratiya talablari asosida ochiq va oshkora o`tganining yorqin dalilidir. Saylov jarayonini monitoring qilishda siyosiy partiyalardan 37 mingdan ortiq kuzatuvchi ham faol ishtirok etdi. Saylovning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari nihoyatda muhim o`rin tutadi. Prezident saylovini 615 milliy va 272 574 xorijiy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan 315 ta xorijiy va milliy internet nashrlari yoritib bordi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo`yicha Respublika matbuot markazi va okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlari tomonidan O`zbekiston va chet elning 1 ming 400 nafardan ortiq jurnalistlari ishtirokida saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag’ishlangan 180 ta matbuot anjumani va onlayn brifinglar o`tkazildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bilan bog’liq 22 ming 700 dan ziyod maqola va axborot materiallari e’lon qilindi, ko`rsatuv hamda eshittirishlar efirga uzatildi. Majlisda qayd etilganidek, 4 dekabr’ kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakat o`z oldiga qo`ygan buyuk maqsadlar yo`lida – dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o`rin egallash, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan modernizasiya qilish, xalq uchun erkin, tinch va farovon hayotni ta’minlash borasida yana bir ulkan qadam qo`yganini, ta’bir joiz bo`lsa, mustaqil taraqqiyotining yangi davriga kirib borayotganini yaqqol namoyish etdi. «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g’risida»gi qonun 39- moddasiga muvofiq, Prezident MSK tomonidan saylov natijalari rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis yig’ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab o`z lavozimiga kirishishi lozim. O`zbekiston Konstitusiyasining 92-moddasiga ko`ra, Prezident Oliy Majlis yig’ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o`z lavozimiga kirishgan hisoblanadi: «O`zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitusiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman». 2016 yil 4 dekabr’ kuni bo`lib o`tgan Prezident saylovi yakunlari bo`yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Shavkat Miromonovich Mirziyoev 575 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman o`z vazifasini bajarishga kirishdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling