Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet385/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Niderlandiya (Gollandiya) va O`zbekiston o`rtasida munosabatlar 
prinsiplari haqida bayonot O`zbek delegasiyasi 1994 yil 9-12 iyunda Gollandiyada 
bo`lib, qirolicha Veatriks va bosh vazir Rudolf Lyubbers bilan uchrashgach 
imzolandi.
Fransiya va O`zbekiston Respublikalari o`rtasida “do`stlik va hamkorlik 
to`g’risida shartnoma” I.Karimovning 1993 yil 28-30 oktyabrda Fransiyaga tashrifi 
chog’ida prezident F.Mitteran bilan uchrashgach imzolandi. F.Mitteran qabul 
marosimida nutq so`zlab: “Markaziy Osiyoda etakchi o`rinni egallab turgan 
O`zbekiston SHarq va G’arb o`rtasida ishonchli ko`prik bo`lishi mumkin” - dedi. 
I.Karimov Parij Xartiyasini imzolashi O`zbekistonda demokratiya rivojlanishi, 
O`zbekistonning Evropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yaqinlashuvi 
uchun muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Prezident F.Mitteranning 1994 yil 25-27 aprelda O`zbekistonga tashrifi 
chog’ida O`zbekiston va Fransiya o`rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi 
bitim qachon imzolandi. I.Karimovning 1996 yil aprelda Fransiyaga tashrifi 
chog’ida ikki mamlakat o`rtasida ikki tomonlama soliq olmaslik to`g’risida 
konvesiya va moliyaviy protokol imzolandi.
Buyuk Britaniya bilan ham O`zbekiston hamkorlik qilmoqda. Buyuk 
Britaniya xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo`lgan davlat. 
Qirolichaning qizi malika Anna 1993 yil 17-19 iyulda O`zbekiston bo`lib, 


570 
Samarqandni ziyorat qildi. Buyuk Britaniya tashqi ishlar va hamdo`stlik ishlari 
vaziri D.Xogning 1993 yil 15 oktyabrda O`zbekistonga safari chog’ida ikki davlat 
o`rtasida madaniyat va ta’lim sohasidagi hamkorlik, ikki yoqlama soliq olmaslik 
haqida bitimlar imzolandi.
I.Karimovning 1993 yil 22-25 noyabrda Buyuk Britaniya va SHimoliy 
Irlandiya birlashgan qirolligida bo`lishi ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlik 
tarixida buyuk voqea bo`ldi. I.Karimov qirolicha Elizaveta II, bosh vazir J.Meyjor 
bilan uchrashdi, O`zbekiston bilan Buyuk Britaniya qirolligi o`rtasida o`zaro 
iqtisodiy aloqalar to`g’risida shartnoma imzolandi. O`zbek vakillari mashhur 
Rotshildlar banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik haqida 
bitimlar tuzildi. “Lonro” kompaniyasi bilan imzolangan oltin biznes haqidagi bitim 
amaliy ahamiyatga ega bo`ldi. 1996 yil boshida O`zbekistonda – Britaniya 
Kengashi bo`limining ish boshlashi hamkorlikni mustahkamlashda yangi qadam 
bo`ldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling