Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Musiqa va qo`shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalarini
rivojlantirish, xalq o`yinlarini tiklash maqsadida Madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yil tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika markazi” va uning viloyatlardagi bo`limlari tanlov va festivallar tashkil etmoqda. 1992 yil Toshkentda “Asrlarga tengdosh navolar” va “Boqiy ovozlar”, Xorazmda folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo`qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarning ko`rik-tanlovlari o`tkazildi. M.Yo`lchieva va Sh.Mirzaevlar 1994 yil mayda Parijda bo`lgan “Sharq musiqasi” festivalida o`zbek milliy qo`shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar. 1996 yil aprelda Turkiston saroyi, “Bahor” dastasi va boshqa konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan “O`zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi iste’dodli qo`shiqchilarni izlab topish va qo`shiqchilik bo`yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 5 dekabrdagi “O`zbekiston – Vatanim manim” qo`shiqlar bayrami to`g’risida” farmoni 542 qo`shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko`rsatdi. 1996 yil uning 1- bosqichida respublika bo`yicha 54 mingdan ziyod qo`shiqchilar qatnashdi, avgustda tanlovning yakunlovchi bosqichida 700 ta qo`shiqchi qatnashib, 10 tasi mukofotlandi. Prezidentning 1996 yil 27 avgustdagi farmoni bilan bunday ko`rik tanlov har yili avgustda o`tkaziladigan bo`ldi, avgustning 3-yakshanba kuni “O`zbekiston – Vatanim manim” qo`shiq bayrami kuni deb belgilandi. Musiqa san’atining noyob namunalarini targ’ib qilishda hukumatning 1997 yil 11 martda qabul qilgan “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalini o`tkazish to`g’risida” Qarori dasturulamal bo`lib xizmat qildi. Samarqandda 1997 yil 25 avgust - 2 sentyabrda bo`lgan “Sharq taronalari” 1-Xalqaro festivalida 40 dan ortiq mamlakatdan sana’tkorlar ishtirok etdi. Ozarboyjonlik S.Imonova oliy mukofot - Granpriga sazovor bo`ldi, 1-o`rin M.Yo`lchieva va hindistonlik Sh.Khulanaga nasib etdi. Samarqandda har 2 yilda “Sharq taronalari” Xalqaro festivali o`tkaziladi. Musiqa san’atiga har yili 31 avgust va 21 martdagi Mustaqillik va Navro`z bayramlari, 1995 yildan o`tkazilayotgan “Ilhom - XX va XXI” xalqaro musiqa, “Ofarin” respublika festivallari, xalqaro simfonik musiqa, katta ashula, maqom, to`y marosimi qo`shiqlari festivali ijobiy ta’sir ko`rsatmoqda. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling