Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Badiiy adabiyot mustaqillik tufayli sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik 
mafkuraviylik, aqida hukmronligi kabi illatlardan ozod bo`ldi. Milliy adabiyot 
rivojiga H.Karomatovning “Qur’on va o`zbek adabiyoti”, O.Sharafiddinovning 
“Cho`lponni anglash”, B.Qosimovning “Maslakdoshlar” asari ijobiy ta’sir 
ko`rsatdi.
A.Oripov, O.Yoqubov, P.Qodirov, X.Davron, T.Mirzo kabi ijodkorlarning 
asarida A.Temur, M.Ulug’bek, Bobur siymolari yangicha badiiy-falsafiy nuqtai 
nazardan yoritildi.
Shukrulloning “Kafansiz ko`milganlar”, T.Qipbergenovning “U dunyoga, 
bobomga xat”, N.Eshonqulovning “Qora kitob”, O`.Hoshimovning “Tushda 
kechgan umrlar”, X.To`xtaboevning “Qasoskorning oltin boshi”, O.Muhammad 
qizining “Jannat qushi”, T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarida soved 
davridagi shovinistik siyosatning zo`ravonlikka asoslanganligi tasvirlangan.
T.Malikning “Shaytanat” (4 kitob), X.Shayxovning “Tutash olamlar” 
asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdiruvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami 
shaytonlari fosh qilinadi. O.Muxtorning “To`rt tomon qibla”, B.Boyqobilovning 
“O`zbeknoma”, A.Ibrohimovning “Biz kim, o`zbeklar”, A.Suyunning “Oq va 


538 
qora”, Y.Eshbekning “Qizg’aldoqlar ochildi” A.Qutbiddinning “Izohsiz lug’at” 
asarlari zamonaviy o`zbek adabiyotining yorqin ifodasidir. A.Oripov, S.Ahmad, 
E.Vohidov, O.Sharafiddinov, T.Qaipbergenov oliy mukofot – “O`zbekiston 
Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi.
Teatr arboblarining sahna asarlarini namoyish etishda 1993 yil 
foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi muhim dargohga aylandi. Andijonda 
jamoatchilik asosida faoliyat ko`rsatayotgan yoshlar teatri davlat tasarrufiga olinib, 
A.Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.
Prezidentning 1995 yil 20 oktyabrdagi “O`zbekistonda teatr va musiqa 
san’atini yanada rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-
tadbirlari to`g’risida”gi, 1998 yil 26 martdagi “O`zbekistonda teatr san’atini 
rivojlantirish to`g’risida”gi farmonlari asosida teatrlar davlat byudjeti hisobiga 
qo`llab-quvvatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr 
ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998 yil “O`zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish 
birlashmasi tashkil etildi. “O`zbekteatr” birlashmasi va barcha teatrlar 5 yilga 
soliqdan ozod qilindi. Respublikada 36 ta professional teatr faoliyat ko`rsatmoqda. 
Har bir viloyatda qo`g’irchoq teatrlari bolalarga xizmat ko`rsatmoqda.
A.Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri YAponiya 1995 
yil ajratgan 47 mln iyen (1500 ming dollar) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan 
jihozlandi. Toshkentda 1996 yil Koreya drama va estrada milliy teatri qachon 
tashkil etildi va dekabrda o`z faoliyatini boshladi. Davlat akademik Rus drama 
teatri 1999 yil zamon talablari darajasida tubdan qayta qurilgan binoga ko`chirildi 
va o`zining 64-teatr mavsumini yangi binoda boshladi. Respublika teatr san’atida 
2001 yil muhim tarixiy voqea sodir bo`ldi. Hamza nomidagi O`zbek akademik 
drama teatri binosi qayta qurildi, 2001 yil 21 sentyabrda Prezident farmoni bilan 
Milliy teatr maqomi berildi, O`zbekiston Milliy akademik drama teatri deb ataldi.
Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri 
“Sohibqiron”, Xorazm musiqali va komediya teatri “J.Manguberdi”, A.Hidoyatov 
nomli O`zbek davlat teatri “Buyuk ipak yo`li” kabi tarixiy dramalarni sahnaga 
qo`ydi. Markaziy Osiyo mamlakatlari teatrlarining eng yaxshi sahna asarlari 1992 


539 
yil mart-aprelda bo`lgan “Navro`z” mintaqaviy festivalida namoyish etildi. 1997 
yil oktyabrda Toshkentda bo`lgan “Teatr: Sharq-G’arb” xalqaro festivalda 
Yaponiya, Hindiston, Syangan, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr 
san’atkorlarining chiqishlari bo`ldi.
A.Temur tavalludining 660 yilligiga bag’ishlangan festivalda O`zbekiston, 
Qozog’iston, Qirg’iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna asarlari 
namoyish etildi. O`zbekiston teatr ustalari Germaniya, Fransiya, Slovakiya, 
Hindiston, AQSH, Belgiya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar 
bilan ishtirok etdilar.
Teatr san’atining rivojiga, iste’dodli aktyorlarni izlab topishiga talabalarning 
“Nihol” respublika festivali, “Aktyor mahorati” festivallari, yoshlar teatrlarining 
“Humo” festivallari ijobiy ta’sir ko`rsatmoqda. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling