Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Milliy xavfsizlik va mudofaa xavfsizligining


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Milliy xavfsizlik va mudofaa xavfsizligining
mustahkamlanishi 
Milliy xavfsizlik va Mudofaani ta’minlash hamda tashkil etishning ilk 
qadamlaridan biri 1991 yil 31 avgustda Oliy Kengash navbatdan tashqari 6-
sessiyada qabul qilgan «Davlat mustaqilligi asoslari to`g’risida»gi va «Davlat 
mustaqilligi to`g’risidagi Boyonoti»da ilgari surilgan tadbirlardir. «O`zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g’risida»gi Qonunning 6-


525 
moddasida «O`zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy 
gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega» - deyilgan. 
Konstitusiyaning 26-bobida «Mudofaa va xavfsizlik» haqida berilgan.
Mudofaa ishlari vazirligi 1991 yil 6 sentyabrda Prezident Farmoni bilan 
tashkil etildi. Prezident Farmoni bilan O`zSSR Davlat Xavfsizlik Qo`mitasi (DXQ-
KGB) tugatilib, o`rniga 1991 yil 26 sentyabrda O`zbekiston Respublikasi Milliy 
Xavfsizlik Xizmati tashkil etildi. 1992 yil 14 yanvarda O`zbekiston Respublikasi 
Milliy gvardiyasi tuzildi. Prezident Farmoni bilan Mudofaa ishlari vazirligi 1992 
yil 3 iyulda Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga 
mo`ljallangan strategiyasi 1995 yil 24 fevralda Oliy Majlisning 1-chaqiriq 1-
sessiyasida Prezident tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi. Prezident Farmoni 
bilan 1995 yil 1 mayda Milliy xavfsizlik Kengashi tuzildi. 1996 yil 24 aprelda Oliy 
Majlisning 5-sessiyasida «Milliy xavfsizlik to`g’risida»gi Qonun loyihasi (4 
bo`lim, 28 modda) muhokama qilindi. 1997 yil avgustda Oliy Majlisning 1-
chaqiriq 9-sessiyasida «Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to`g’risida»gi Qonuni qabul 
qilindi. 
O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining vujudga kelishida 1992 yil 
14 yanvardagi Oliy Kengashning 12-chaqiriq 9-sessiyasi qarori katta ahamiyatga 
ega bo`ldi. Ushbu qaror bilan O`zbekiston hududida joylashgan sobiq Ittifoq 
Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo`shilmalari, harbiy o`quv yurtlari, 
muassasa va tashkilotlari O`zbekiston tasarrufiga olindi. Oliy Kengashning 1992 
yil 3 iyulda bo`lgan 6-sessiyasida «Mudofaa to`g’risida»gi, «Umumiy harbiy 
majburiyat va harbiy xizmat to`g’risida»gi, Muqobil xizmat to`g’risida»gi 
qonunlar, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qilish tartibi qabul 
qilindi. Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlari 
1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosati 
faoliyatining asosiy tamoyillari» haqida Qonunda mujassamlashgan.
Davlatni himoyalashda mudofaa tizimining asosini Qurolli Kuchlar tashkil 
etib, tarkibiga: Quruqlikdagi qo`shinlar; Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa 


526 
qo`shinlari; Maxsus qo`shinlar; Milliy gvardiya brigadasi; CHegara va ichki 
qo`shinlar; Milliy xavfsizlik xizmati; Favqulodda vaziyatlar vazirliklari kiradi. 
Chegara qo`shinlari 1999 yilgacha Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo`lib, 1999 
yil 13 yanvarda Prezident Farmoni bilan Davlat chegaralarini himoya qiluvchi 
qo`mita tashkil etildi. Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga 
oshiradi. Konstitusiyaning 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident Qurolli 
Kuchlarning Oliy Bosh qo`mondoni hisoblanadi, oliy qo`mondonlarni tayinlaydi 
va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi. 2002 yil 12 dekabrda Oliy 
Majlis 2-chaqiriq 10-sessiyasida qabul qilingan «Umumiy harbiy majburiyat va 
harbiy xizmat to`g’risida» va «Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat to`g’risida»gi 
Qonunlarga ko`ra Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat 1,5 yildan 1 yilga 
qisqartirildi. Bu qonunga ko`ra Oliy o`quv yurtlari bitiruvchilari xizmatga faqat 9 
oyga chaqiriladigan bo`ldi.
Toshkent, Samarqand, Farg’ona va Urganch shaharlarida harbiy 
mutaxassisliklarga yo`naltiruvchi liseylar faoliyat ko`rsatmoqda. Toshkent 
umumqo`shin komondirlari harbiy bilim yurti, Samarqand avtomobilchi komandir-
muhandislar harbiy bilim yurti, Chirchiq tankchi komandir-muhandislar harbiy 
bilim yurti, Jizzax aviasiya oliy harbiy bilim yurti, Toshkent Axborot 
texnologiyalari universitetining maxsus fakul’teti turli mutaxassisliklar bo`yicha 
yuqori malakali ofiser kadrlar tayyorlaydi. O`zbekiston va Markaziy Osiyo 
mintaqasi 
uchun 
oliy 
qo`mondonlik 
tarkibini 
tayyorlayotgan 
harbiy 
Akademiyaning ochilishi muhim voqea bo`ldi.
O`zbekiston bilan Rossiya, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Ukraina va 
boshqa davlatlar o`rtasida harbiy hamkorlik yo`lga qo`yildi; O`zbekiston bilan 
Rossiya o`rtasida harbiy-texnik hamkorlik qilinmoqda. O`zbekiston 1994 yil iyulda 
NATOning “Tinchlik yo`lida hamkorlik” dasturiga qo`shildi; O`zbekiston harbiy 
qismlari 1997 yil Qozog’iston va O`zbekistonda uyushtirilgan harbiy mashqlarda 
ishtirok etdi. O`zbekistonlik askarlar Shimoliy Karolina (AQSH)dagi Kemp 
Lejyun dengiz piyodalari poligonida NATOning “Tinchlik yo`lida hamkorlik” 
dasturida 16 ishtirokchi mamlakat armiyalari vakillari hamkorligidagi mashqlarda 


527 
qatnashdi. O`zbekistonlik desantchilar O`zbekistonda amerikaliklar bilan 
hamkorlikda 
o`tkazilgan 
Ultrabalans-96” tajriba mashqlarida yuksak 
mahoratlarini namoyish etdi. Toshkent, Chirchiq, Samarqand harbiy bilim yurtlari 
kursantlarining terma vzvodi 1997 yil may-iyunda Norvegiyada o`tkazilgan 
Kooperativ bankers-97” mashqlarida qatnashdi. 
Tayanch so`zlar: Milliy Xavfsizlik Xizmati, Milliy gvardiyasi, Mudofaa 
vazirligi, Qurolli Kuchlar, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo`mita, Harbiy-
texnik hamkorlik, “Tinchlik yo`lida hamkorlik”. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling