Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Millatlararo totuvlikni ta’minlash
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Millatlararo totuvlikni ta’minlash. O`zbekistonda 130 millat va elat
vakillari istiqomat qiladi. «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida «Muayyan mamlakatga nom (titul) bergan millat bilan unda yashaydigan boshqa xalqlar o`rtasidagi hamjihatlik ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir» - deyilgan. Konstitusiyaning 8-moddasida «O`zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» - deyilgan. Bu moddada ifodalangan fuqarolarning tengligi tamoyili inson huquqlariga oid O`zbekiston nomidan uning Prezidenti imzolagan «Yangi Evropa uchun Parij Xartiyasi» talablariga to`la mos keladi. 1989 yil oktyabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 1995 yil 21 dekabrda Oliy Majlisning 1-chaqiriq 4-sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonunga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g’risida Qonun qabul qilindi. «Davlat tili haqidagi» Qonunning 4-moddasida «O`zbekiston Respublikasida davlat tilini o`rganish uchun fuqarolarga sharoit yaratish, barcha millatlarning tillariga hurmat bilan munosabatda bo`lish ta’kidlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi» - deb aytilgan. Millatlariaro Madaniyat Markazi 1989 yil Madaniyat ishlari vazirligi qoshida tashkil etildi. Uning tarkibida 12 ta: qozoq, koreys, arman, ozarbayjon, tojik madaniyat markazlari faoliyat ko`rsata boshladi. 1995 yil Madaniyat markazlarining soni 80 tadan oshdi. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1992 yil yanvarda O`zbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat Markazi tashkil qilindi. 1996 yil Baynalminal madaniyat markazi va milliy-madaniy markazlar “Bobur” ko`chasidagi saroyga ko`chib o`tdi va “Millatlar saroyi” degan nom oldi. Milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ko`maklashish Baynalmilal madaniyat Markazining asosiy vazifasi qilib belgilandi. Baynalmilal 524 madaniyat Markazi faoliyatidagi muhim yo`nalish umumxalq bayramlarini o`tkazish bo`lib, o`zbeklarning «Navro`z», ruslarning «Maslennisa», «Rojdestvo», tatarlarning «Sabanto`y» bayramlarida barcha millat vakillari qatnashdi. Baynalmilal madaniyat Markazi amalga oshirgan ishlardan yana bir yo`nalish 1994 yil boshlangan 1-»Xalq ijodiyoti» festivali bo`ldi (uni har 2 yilda 1 marta o`tkazishga qaror qilindi). Madaniyat Markazlari O`zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Rus madaniyat Markazi Eseninning 100 yilligini, Qozoq M.Markazi Abayning 150, T.Risqulov, S.Xo`janovning 100 yilligini, Qirg’iz madaniyat Markazi «Manas» eposining 1000 yillik yubileylarini nishonladi. O`zbekiston Respublikasi Mamlakat Baynalminal madaniyat Markazi 1995 yil 10-11 mayda Toshkent shahar hokimiyati hamda «Ma’naviyat va ma’rifat» Markazi bilan hamkorlikda «Mustaqil O`zbekistonda millatlararo munosabatlar madaniyati» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazdi. «Xalq birligi» harakati va Baynalmilal madaniyat Markazi 1996 yil «O`zbekiston millatlararo hamjihatlik yo`lida» nomli kitob nashr etdi. Tayanch so`zlar: Ichki iste’mol bozori, Ijtimoiy himoyalash, Kam ta’minlangan oilalar, «Sog’lom avlod uchun», «Amerilares»,»Sog’lom avlod yili», «Onalar va bolalar yili», Shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish ilmiy markazi, Baynalmilal madaniyat markazi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling