Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Buxoro amirligi Rossiya protektoratiga aylantirilishi
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1868 yil 23 iyun
- Ozodlik harakati
Buxoro amirligi Rossiya protektoratiga aylantirilishi. Samarqandni ruslar
bosib oganini eshitgan Qarshi, Shahrisabz va Kitob aholisi Jo`rabek va Bobobek boshchiligida Samarqindning Buxoro darvozasidan 1868 yil 2 iyulda rus gornizoniga hujm qiladi. Kaufman 8 iyulda Samarqandga etib keladi. Samarqand qirg’inini o`z ko`zi bilan ko`rgan rassom Vereshchagin xotiralarida Nazarovning maishiy buzuqligini, Rus jangchilariga yangi miltiqdan qo`zg’olonchilarni otib tajriba qilib ko`rsatganini. Bir mullavatchani minoradan tashlab yuborganini hikoya qiladi. Polkovnik Nazarov masjid, obida va xonadonlarga o`t qo`ydirib, Samarqandning «yondiruvchisi» laqabini oladi. Vereshchagin Kaufmandan o`layotgan odamning yuz ifodasini chizish uchun asirlarni dorga osishni iltimos qiladi. «Qaerdan o`tsak, orqamizdan qora 256 tutun ko`tarilardi» - deb, yozgan edi rassom Vereshchagin. Samarqandliklarni qirishda namuna ko`rsatgani uchun Vereshchagin Rossiya oliy ordeni - «Georgiy xochi» bilan taqdirlandi. Ruslar 400 kishilik talofat uchun samarqandliklardan 50 ming kishini o`ldirib, Usmon Qur’onni Rossiyaga olib ketadi. «Ruslarni engsam oq otda Peterburgga kirib boraman» - deb, maqtangan amir Muzaffar Zirabuloq jangida engilgach Kaufman bilan 1868 yil 23 iyunda sulh tuzib, Rossiya vassalga aylandi. Zirabuloq sulh shartnomasiga ko`ra Amir: Samarqand, Kattaqo`rg’on va Zarafshonning yuqori qismidan ajraldi. 500 ming oltin miqdorida tovon to`lash, xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil aloqa o`rnatmaslik majburiyatini oldi va rus savdogarlari amirlikdan erkin savdo qilishi, karvonsaroy va do`konlar ochishiga rozi bo`ldi. Ozodlik harakati. Amirning taslimchilik siyosatidan norozi kuchlar Samarqandni ozod qilish maqsadida amirning katta o`g’li Abdumalik Katta To`ra (1848-1909), Jo`rabek, Bobobek va Kenesari Qosimovning o`g’li Sulton Sodiq atrofida birlashdilar. Ular Temurning Oqsaroyida Abdumalikni amir deb e’lon qilgach Muzaffarning mulozimlari – Xudoyor, Abdulla, Ibrohim to`qsabolar va ulomalar buni ma’qulladilar. Vatanparvarlar amirga qarshi kurashib Shahrisabz, Qarshi, Karmana, Chiroqchini bosib oldi. Abdumalik To`ra qozoq farzandi Sulton Sodiqni Karmana viloyati hokimi qilib tayinladi. Kaufman sulhga ko`ra Buxoroning ichki ishlariga aralasholmasligidan fursat va bahona izlardi. Amirlikning butun sharqiy qismini egallagan qo`zg’olonchilarga qarshi kurashish uchun Muzaffar 1868 yil kuzda Kaufmandan yordam so`radi. Kaufman amirga yordam berishni Buxoroning bosib olingan hududida tashkil etilgan Zarafshon okrugi boshlig’i gen. Abramovga topshirdi. Abramov ruslarning Buxoro ishlariga aralashishiga qonuniy tus berish uchun «Buxoro hukmdori bo`lish maqsadida Abdumalik Tangri va payg’ambarini unutdi» - deb, 6 oktyabrda xitobnoma tayyorlatdi va navbatdagi bosqinni niqoblagan. Qarshi ostonasida Buxoro vatanparvarlari engilgach Abdumalik va Sulton Sodiq Xivaga o`tib ketdi. Abdumalikni Xivada Muhammad Niyoz devonbegi va Ogahiy kutib olishdi. Xiva xoni Rahimxon II unga 1500 tilla maosh va katta mulk 257 belgiladi. Abdumalik Xivada ko`p turmay Afg’on amiri SHeralixon huzuriga boradi. Sheralixon unga xayrixox bo`lsada Angliya bilan bo`lajak urushda Rossiya madadiga suyanishni o`ylagani uchun harbiy yordam bermadi. Qo`qon xoni Xudoyorxon ham ruslar bilan o`chakishishni istamay Abdumalikka yordam bermagach, u Qashg’arga Yoqubbek huzuriga borishga ahd qiladi. Qo`qon xonining sobiq lashkarboshisi Yoqubbek 1853 yildan beri rus bosqinchilariga qarshi kurashib, Oqmachit, Chimkent va Toshkent mudofaalarida o`zini ko`rsatgan edi. Abdumalik to`ra Afg’oniston hukmdori Abdurahmon hukumatidan panoh topib, 1909 yil Peshovarda olamdan o`tdi Abdumalik boshchiligidagi qo`zg’olonni bostirish uchun amir Muzaffarning shaxsan o`zi Abramovni Kitob va Shahrisabzga boshlab keldi. Abramov Zarafshon va Qashqadaryodagi qo`zg’olonni bostirib 1870 yil 11 avgustda Shahrisabz va Kitobni egalladi. Jo`rabek va Bobobek Qashqar hukmdori Yoqubbekdan yordam so`rash uchun ketayotganda Qo`qon sarbozlari tomonidan Mahramda qo`lga olindi. Xudoyorxon Jo`rabek va Bobekni Kaufmanga «sovg’a» qilib jo`natdi. Rus imperatori sodiq xizmatkor qilish va iste’dodidan foydalanish uchun Jo`rabekka general, Bobobekka mayor unvonini berdi. Chorizm general-mayor Jo`rabekka ishonmagani uchun 1906 yil 24-25 yanvar’ kuni o`ldirildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling