Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Yangi
Nizom. Imperator Aleksandr III (1881-1884) «Turkiston o`lkasini 
boshqarish haqidagi Nizom»ni 1886 yil tasdiqladi. Nizom bo`yicha Kengash 
Rossiyadagi gubernator muassasasi sifatida belgilangan bo`lib, aslida harbiy 
gubernator, sud palatasi raisi, prokuror, okrug shtabi boshlig’i, general-gubernator 
yordamchisi a’zolaridan iboart bo`lib, katta vakolatga ega edi. Markaziy 
boshqaruvda general-gubernator Mahkamasi Bosh boshqarmaning ijroiya organi 
bo`lgan.
General-gubernator Mahkamasi dastlab 4 bo`limdan iborat edi: 1-bo`lim: 
ma’muriy va nazorat ishlarini boshqargan; 2-bo`lim: bosh boshqarmaning moliya-
xo`jalik ishlariga qaragan; 3-bo`lim: soliq, shahar mablag’lari, boshqaruvga doir 
nizom loyihasini tayyorlagan; 4-bo`lim: maxsus bo`lim bo`lib, faoliyati serqirra 
bo`lgan. 4-bo`lim 1886 yilgacha mustaqil ish ko`rib harbiy va adliya vazirlari 
ko`rsatmalariga xilof ravishda sud qarorlarini ham qayta ko`rish bilan 
shug’ullangan.
Rossiyaga tobe bo`lgan Buxoro, Xiva hamda Afg’oniston va Qashg’ar bilan 
general-gubernatorning munosabatini 1899 yilga qadar Mahkamaning Diplomatiya
idorasi boshqargan. Bu vazifani bajarish uchun general-gubernatorlik huzurida 
1899 yildan diplomatik ishlar bo`yicha amaldorlik lavozimi joriy qilindi. General-
gubernator Mahkamasi ixtiyoriga Turkiston ommaviy kutubxonasi, Toshkent 
muzeyi, Markaziy arxiv, «Turkestanskiy vedomosti» gazetasi va bosmaxonasi 
berilgan edi.


270 
General-gubernator o`lka hayoti bilan asosan Mahkama hujjatlari orqali 
tanishgani uchun Mahkama Turkiston boshqaruvida muhim rol’ o`ynagan. Bunday 
hujjatlarni gubernatorga turli soha mutaxassislari tayyorlab bergan. Mahkama o`lka 
hokimi uchun axborotnoma, ma’ruza va ma’lumotlar tayyorlagani hamda general-
gubernator shaxsiy hayotiga oid ishlarni ham hal etgani uchun Mahkama 
boshqaruvchisi general-gubernatorlikdagi eng oliy amaldorlar qatori yuksak 
mavqeda turgan.
Turkiston o`lkasi Markaziy Bosh boshqarmasi tarkibiga general-
gubernatorga bo`ysunmaydigan markaz vakillarining adliya, moliya, ziroat va 
davlat mulklari vazirliklari idoralari ham bo`lib, ular to`g’ri Peterburg Oliy 
hukmdoriga bo`ysungan.
Turkiston general-gubernatorligi 90-yillarga kelib 5 ta viloyatga: Sirdaryo, 
Farg’ona, Samarqand, Ettisuv, Kaspiyorti viloyatlariga bo`lindi. Viloyatlarni rus 
generallaridan shaxsan imperatorning o`zi tayinlagan harbiy gubernatorlar 
boshqarardi. Harbiy gubernatorlar viloyatlarda: harbiy va fuqaro hokimiyatini 
mujassamlashtirgan: harbiy sohada viloyatdagi qo`shinlar (diviziya yoki korpus) 
qo`mondoni; fuqaro ishlarida keng huquq va majburiyatlarga ega bo`lishgan; 
ma’muriy, polisiya va sud hokimiyati ular qo`lida jamlangan. Viloyat hayotining 
barcha masalalari harbiy gubernatorlar qoshidagi viloyat boshqarmalarida ko`rib 
chiqilib, ular gubernator boshqarmasi huquqlariga ega bo`lgan. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling