266
bosib olgach inglizlar uchun O`rta Osiyoga yo`l ochilgani uchun general Lrzerev
qo`shini 1879 yil iyulda Krasnovodskdan turkmanlar
yashaydigan hududlarga
jo`natildi. Bu yo`nalishda Ruslarning dastlabki harakatlari natijasiz tugab, rus
qo`shinlari mag’lubiyatga uchradi.
Qo`qon xonligiga qarshi yurishlarda tajribasi katta bo`lgan general Skobelev
qo`shini 1880 yil mayda ikkinchi yurishni boshladi.
Qamalga olingan turkmanlar
qal’asi - Go`ktepa 3 oy davom etgan janglardan so`ng qo`lga olindi. Bosib olingan
erlarda markazi Ashxabod bo`lgan
Kaspiyorti viloyati tuzildi. Turkmanlarni
batamom bo`ysundirish 1885 yilda amalga oshirildi.
Turkmanlarning asosiy qal’asi
Go`ktepa bo`ysundirilgch 1881
yil Rossiya
va Eron o`rtasidagi chegaralar belgilandi. Rossiya va Xitoy o`rtasidagi chegaralar
ham 1881 yil Sharqiy Turkistonning Ili o`lkasidagi qo`zg’olon rus qo`shinlari
tomonidan bostirilishi bilan belgilandi. SHu bilan Rossiyaning O`rta Osiyodagi
bosqinchilik yurishining 4-bosqichi (1880-1885) tugadi.
Istilo qilingan hududlarda 5 viloyat:
Sirdaryo, Ettisuv, Farg’ona,
Samarqand, Kaspiyorti viloyatlari tashkil qilindi, ular Turkiston general-
gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Rossiya imperiyasi XIX asr o`rtalaridan
amalga
oshirgan harbiy istilochilik yurishlari natijasi Buxoro amirligi va Xiva xonligi
Rossiya protektoratiga aylantirildi, Qo`qon xonligi batamom tugatildi.
Tayanch so`zlar:
Stoddart, Konnol, Po`latxon, Asakada, Uchqo`rg’on,
Meller-Zakomel’skiy, Sirdaryo, Ettisuv, Farg’ona, Samarqand, Kaspiyorti,
Krasnovodsk, Go`ktepa,
Kuropatkin, Abdurahmon oftobachi, Iso Avliyo.
Do'stlaringiz bilan baham: