Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Mustamlakachilik boshqaruvining xususiyatlari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Mustamlakachilik boshqaruvining xususiyatlari. Rossiya harbiy vaziri
Milyutin 1867 yil Vazirlar Qo`mitasiga taqdim etgan Turkistonni boshqarish haqida qonun loyihasi Rossiya bosib olgan Ettisuv va Sirdaryo viloyatlarida Turkiston general-gubernatorligini tashkil etish va uni harbiy vazirlik ixtiyoriga berishdan iborat bo`ldi. Loyiha tasdiqlanib, qonun tariqasida kuchga kirgach Turkiston xalqlari taqdirini hal etish 1867-1882 yy. Kaufman ixtiyorida bo`ldi. «Harbiy xalq boshqaruviga» ko`ra Turkiston o`lkasi - viloyatlarga, viloyatlar - uezdlarga, uezdlar - volostlarga, volostlar - uchastkalarga, uchastkalar - oqsoqollar boshqaruvidagi ma’muriy hududga bo`lindi. Viloyat, uezd va uchastkalarni rus harbiylari; oqsoqolliklarni mahalliy xalq vakillari boshqarishi nazarda tutildi. Viloyatlarga harbiy gubernatorlar tayinlanib, ular shaxsan rus podshosi tomonidan tasdiqlangan. Uezd boshliqlariga rus polkovniklari tayinlangan. Uchastka pristavlari kapitanlardan tayinlangan. Volost’ (bo`lus) boshqaruvchilari, yuzboshi-oqsoqollar, ellikboshi va o`nboshilar mahalliy aholi vakillaridan saylov asosida saylangan. Rossiya imperiyasining xususiyatlari metropoliyadagi 1865-1917 yy. qabul qilingan hujjatlarda o`z aksini topdi. Rossiya ichki ishlar vaziri «Turkiston o`lkasining oliy, o`rta va quyi boshqaruvida kuchli hokimiyat zarurki, ular mahalliy aholining roziligiga muhtoj bo`lmasinlar» - deb aytgan. Turkistonda markaziy o`lka boshqaruvida general-gubernatorlik mutloq hokim bo`lgan. Markaziy o`lka boshqaruvi: General-gubernator, uning Kengashi va Mahkamasidan iborat edi. Turkiston general-gubernatori o`z qo`lida harbiy va fuqaro hokimiyatini birlashtirib bir vaqtning o`zida podsho noibi, harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni, Ettisuv kazak qo`shinlari qo`mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror vazifalarini o`tagan. Rossiya Imperator siyosiy agentligi orqali Buxoro 269 amiri faoliyatini (1885-1917), Amudaryo bo`limi boshlig’i (1873-1918) orqali Xiva xonini nazorat qilgan. Turkiston o`lkasidagi boshqaruvni 1882-1884 yy. imperatorning maxfiy maslahatchisi general-gubernator F.Girs taftish qilgan. Girs Rossiyadagi gubernatorlardan farqli Turkiston general-gubernatori Turkistonda mustabid hokim - yarim podsho bo`lgani, imperiya qonunchiligiga mutlaqo rioya qilmay, o`zicha qonunlar chiqargani va o`zboshimcha hukmdor bo`lganini e’tirof qilgan. Kaufmanning tashabbusi bilan tuzilgan general-gubernatorlik Kengashi ham butun Rossiyada o`xshashi yo`q tashkilot edi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling