Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Viloyatlar uezdlarga bo`linib, ularni uezd boshliqlari idora etishgan. 
Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy tuzilmasining o`zagini uezdlar tashkil 
etgan. Uezdlar rus amaldorlari tomonidan milliy an’analarga zid tarzda, 
o`zboshimchalik bilan tuzilgan.
Sirdaryo viloyati: Toshkent, Avliyoota, Kazalinsk, Perovsk, CHimkent
Amudaryo bo`limi ham uezdlarga bo`lingan. Farg’ona viloyatiga: Marg’ilon, 
Andijon, Qo`qon, Namangan, O`sh uezdlari qaragan. Samarqandga: Jizzax, 
Xo`jand, Samarqand uezdlari kirgan. Ettisuv viloyatiga: Verniy, Jarkent, Kopal, 
Lepsin, Pishpak, Prjeval’sk uezdlari kirgan. Kaspiyorti viloyatiga: Ashxobod, 
Krasnovodsk, Mang’ishloq, Marv, Tajan uezdlari kirgan.


271 
Har bir uezd o`z tarkibidagi shahar va qishloqlari bilan uezd hokimiga 
bo`ysungan. Uezd boshlig’i Rossiya imperiyasidagi spravnik, zemstvo boshlig’i, 
polismeyster, shahar boshqarmasi boshlig’i lavozimi huquqlariga teng vazifalarni 
o`z qiyofasida mujassam etgan. Uezd boshlig’i lavozimiga mayor, rotmistrdan 
polkovnikkacha bo`lganlardan viloyat harbiy gubernatori tavsiya bilan general-
gubernator tomonidan tayinlangan.
Turkiston o`lkasidagi uezd boshliqlarining Rossiyadagi hamkasblaridan 
farqli tomonlari ular ma’muriy, polisiya va harbiy hokimiyatni o`zlarida 
birlashtirgan edi. Rus senatori graf K.Palen Turkistondagi uezd boshliqlarini 
o`zbek xonliklardagi «beklarning xuddi o`zginasidir» deb atagan. Xalq uezd 
boshliqlarini «hokim to`ra» deb atagan.
Uezdlar bir necha uchastkalarga bo`linib idora qilinib, uchastkalarni kichik 
unvondagi (poruchik, shtabs-kapitan) harbiy zobitlar - uchastka pristavlari 
boshqargan. Uchastka pristavlari harbiy boshqaruvning so`nggi kichik bo`g’ini 
bo`lib, ulardan so`ng mahalliy quyi ma’muriy muassasa turgan. Rus 
mustamlakachiligining Turkistondagi asosiy tayanch ma’muriy va majbur qiluvchi 
tashkiloti - polisiya idorasi bo`lib, katta vakolatga ega edi.
General-gubernatorning o`zi bosh mirshab vazifasini ham bajargan. SHahar 
polismeysteri huquq jihatdan tumanboshilar bilan teng edi. Toshkentdagi YAngi va 
Eski shahar polismeysterlariga polisiya pristavlari bo`ysungan. Mahalliy 
ma’muriyat - volost’ boshqaruvchilari va oqsoqollar quyi polisiya zobitlari 
vakolatlariga ega bo`lgan.
Sudlar ikki xil: 1) Sudlar (mustamlakachilik) 2) Xalq sudlari (qozilik) 
idorasi shaklida edi. Sudlar hududiy bo`linishiga ko`ra tuman sudlari, sud palatasi 
huquqidagi viloyatlar boshqarmalari, mirovoy sudlar quriltoylari, harbiy sud 
komissiyalaridan iborat bo`lgan. Tuman (uezd) sud’yalari mulkdan mahrum 
etishga daxldor bo`lmagan jinoiy ishlarni; davlat xazinasiga oid bo`lmagan 2000 
so`mgacha miqdordagi da’volarni ko`rib chiqqan. Tuman sudlaridan norozi 
shikoyatlarni viloyat boshqarmalari qaytadan ko`rib chiqqan.


272 
Davlat vazifalaridagi jinoyatlarni, siyosiy jinoyatchilik, qaroqchilik, davlat 
mulkini o`g’irlash, soxta pul yasovchilar kabi jinoiy ishlarni ko`rish ham viloyatlar 
boshqarmalari sud organlari zimmasiga yuklagan.
Toshkent, Marg’ilon, Samarqand, O`sh shaharlaridagi Harbiy sudlar muhim 
va og’ir deb hisoblangan jinoiy harakatlarni ko`rgan. Harbiy sud komissiyalari 
davlatga xiyonat, hokimiyatga qarshi siyosiy faoliyat, pochta-telegrafga hujum, 
mansabdorlarga suiqasd qilish, nasroniylikka o`tganlarni o`ldirish, ruslar qilgan 
jinoyatlarni ko`rib chiqqan. Xalq sudlari - qozi va biylar shariat asosida mahalliy 
va ko`chmanchi aholining fuqarolik va jinoiy ishlarini ko`rib chiqqan.
1886 yilgi «Nizom»da: tuman sudlari bekor qilinib, viloyat sudlari tashkil 
etildi; viloyat prokurori va movuni, sud tergovchisi lavozmlari joriy qilindi. 
Mustamlakachilik tuzumiga qarshi jinoyatlar Imperiya sudida ko`rilgan. Bu 
sudning asosiy vazifasi davlat hokimiyatiga qarshi harakat qilgan siyosiy 
jinoyatchilik ustida hukm chiqarish edi.
Imperiya sudi shavqatsiz jazo, tergov, hukm usullari bilan xalq orasida 
dahshat solib turgan. Ataylab sud maslahatchilarining ishtirokidan voz kechishni 
Rossiya adliya vaziri «yon bosish tarzida emas, balki davlat ehtiyojlaridan kelib 
chiqib ayrim o`zgartirishlarga yo`l qo`yildi» deb ifodalagan. 
Tayanch so`zlar: Imperator Aleksandr II, F. Girs, «Dasht komissiyasi», 
Nizom, Duma, D. Milotin, poruchik, shtabs-kapitan, uchastka pristavi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling