Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Rossiyaning Turkistondagi agrar siyosati


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Rossiyaning Turkistondagi agrar siyosatining bosh maqsad, asosiy 
yo`nalishlarini Davlat mulklari va ziroatchilik vaziri Krivoshein: «birinchisi 
«Paxta», ikkinchisi «Sug’orish», uchinchisi «ruslarni joylashtirish» - deb, iqtisodiy 
masalaga urg’u beradi. 1886 yilgi Nizom ruslarni ko`chirib o`lkani ruslashtirishni 
qonunlashtirib, siyosiy tus berdi. Bu qonunda keluvchilarni tanlash va joylantirish 
tartibi belgilandi. Ko`chib keluvchilarga 10 tanobdan er berish belgilandi, kelib 
o`rnashish va er-mulkka ega bo`lish huquqi faqat nasroniylarning pravoslav 
mazhabidagilarga berildi. «Bo`sh davlat erlariga» birinchi navbatda zahiradagi 
zobitlarni, kichik harbiy xizmatchilarni joylashtirish ko`rsatildi.
Er-suv munosabatlarida chorizm 2 ta maqsadni ko`zlab ish tutdi: O`rta 
Osiyoda o`z hukmronligini mustahkamlash; va uning iqtisodiy imkoniyatidan 
hukmron tabaqalar manfaatlarida foydalanishga intildi. Buning uchun Rossiya: 
mahalliy hukmdorlar qarshiligini engishi; o`lkada eskicha ishlab chiqarish 
munosabatlarini saqlab qolishi; xo`jalik va madaniy taraqqiyotga imkon bermaslik 
kerak edi.
1886 yilgi Nizom mahalliy aholining erga egaligi «odat bo`yicha» deb 
belgilab, erga xo`jayinligi aniq aytilmadi. Ruslar asosiy e’tiborni xonliklardan 
tortib olingan hududlarda mustamlakachilik davlat boshqaruvi asoslariga qaratib, 
er egaligi va suvdan foydalanishga aralashmay, soliq undirish payiga tushdi.
Bu vaqtda o`lkada er-suv munosabatlari davlat, vaqf va xususiy mulkdan 
iborat bo`lgan. Dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik xo`jalikning asosiy 
tarmog’i edi. Sug’oriladigan erlarda dehqonchilikning paxta, bug’doy, sholi, beda, 
bog’dorchilik, sabzovotchilik sohalari yaxshi rivojlangan. Donli ekinlar lalmikor 
erlarga ekilib, tog’ etaklarida, adirlar va tog’ vodiylarida yaxshi yo`lga qo`yilgan. 
Lalmikor dehqonchilik chorvachilik bilan qo`shib olib borilgan.
Turkiston general-gubernatori 1870 yil o`troq va ko`chmanchi aholidan 
olinadigan soliqni ko`paytirdi. Kaufman 1873 yil podshoga Turkistonda er 
tuzilishini o`zgartirish loyihasini topshirdi. Loyihaga ko`ra Kaufman er masalasiga 


275 
doir tadbirlarni amalga oshirdi: amlok erlar uni ishlatib turgan odamlar tasarrufiga 
o`tishi; ko`p erlar davlat hisobiga o`tkazildi; mulk erlar va hatto vaqf erlarga ham 
soliq joriy etildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling