Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
-§. XIX asr oxirida Turkistonda ozodlik harakati
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
3-§. XIX asr oxirida Turkistonda ozodlik harakati. Milliy-ozodlik harakatlari boshlanishi va sabablari Mustamlakachilik zulmi kuchayishi. Rossiya Turkistonni bosib olgach, buyuk rus davlatchilik g’oyasini amalga oshirishda milliy davlatchilik tuyg’ularini so`ndirishni asosiy vazifa deb hisoblaydi. Rus davlatchilik g’oyasining xunuk oqibatlari haqida professor N.I.Veselovskiy «hukmronligimizga qarshi g’alayonlar ro`y bersa, ajablanishga o`rin yo`q» - degan edi. Ruslarning o`zga xalqlarni ruslashtirish siyosatining bosh yo`nalishi haqida mojar (venger) sayyohi Xerman Vamberi «ruslarning bunday ko`payishi ko`p tug’ilishdan emas, aksincha bosib olgan o`lkalardagi aholini tezkor ruslashtira olishlari bilan izohlanadi» - degan edi. Ruslar O`rta Osiyoni o`zlashtirish maqsadida aholi ro`yxatini olishga kirishdilar. O`lkani taftish qilgan maxfiy maslahatchi Girs Turkiston aholisini armiyaga butkul chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqdi. 6 yilda harbiy bilimni egallagan turkistonliklar okrugdagi qo`shinlar sonidan ortib ketadi, buning o`rniga harbiy soliq solish maqsadga muvafiq, deydi u. Girs 1882-1884 yy. o`lka aholisini o`rganib «xalqda rus hokimiyatiga qarshi qo`zg’olon ko`tarish befoyda va halokatli, degan tushuncha chuqur ildiz otgan» - degan xulosaga keladi. «Ilgari Turkistonda askarlikka havas bo`lar edi, hozir askarlikdan ozod etilgach shijoatlari so`nib, bo`shashib ketdilar» - deb, yozgan edi Ahmad Zaki Validiy. XIX asr 80-yillar oxiri va 90-yillarda xalq turmush tarzi keskin pasayishi va er-mulk boylar va katta savdogarlar qo`lida to`plana borishi savdo-sudxurlik kapitali mavqeining kuchayishiga, kam erli va yarim qaram dehqonlar hamda chorikorlarning ko`payishiga sabab bo`ldi. XIX asrning 80-yillaridan boshlab Moskva va Lodz’ firmalari Bol’shaya Yaroslavskaya manufakturasi bo`limlari, aka-ukalar Kraft va Shlesberg savdoxonalarining bo`limlari, Poznan’ qog’oz manufakturasi jamiyatlari bo`limlari Farg’ona paxtasini sotib olishni keng yo`lga qo`ydilar. 279 Davlat banki yiliga xususiy banklar va paxtachilik firmalariga 5,5% hisobida kredit berib turardi. Ekspluatatorlar dehqonlarni itoatda tutish va boylik to`plashning eng maqbul yo`li deb dehqonlarni qarzdor qilib ushlab turishni bildilar. Dehqonlar qarz va nasiyalar tufayli erdan mahrum bo`lib, erni sotishga majbur bo`ldilar. Firma va savdo birlashmalari bergan qarz evaziga dehqonlar hosilning yarimidan ko`pini berishga majbur bo`lardi. Qarzdor dehqonlar Farg’ona vodiysi aholisining 60 % ni tashkil qilardi Paxta maydonlarining ayrim kishilar qo`lida to`planishi va paxtachilikka ruju qo`yilishi oziq-ovqat ekinlari qisqarib, ocharchilik xavfi paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Rossiya sanoati ishlab chiqargan uy-ro`zg’or buyumlari, ayniqsa to`qimachilik mahsulotlari bilan O`rta Osiyo bozorlarining to`ldirilishi natijasida hunarmandchilik turlari inqirozga uchradi, qashshoqlar yana ko`paydi. Rasmiy soliqlardan tashqari volost’ boshqaruvchilari, mirzalar, jamoa oqsoqollari, miroblar uchun «jamoa yig’imlari» ko`payib ketdi. Soliq undiruvchi soliqlarni o`z vaqtida to`lamaganlarning mol-mulkini sotib yuborish, o`zlarini qamab qo`yishga haqli edi. Ijtimoiy va milliy mustamlaka zulm natijasida boshlangan qo`zg’olonlarning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarman-kosiblari, kambag’allar bo`ldi. Xalq norozilik harakatida yana vatanparvar ruhoniylar, boy zamindorlar ham ishtirok etdilar. «Turkning butun tarixi davomida irqiy xususiyatlaridan biri askar bo`lib kelganligi, intizomsevarligidir» - deb yozgan edi Axmad Zaki Validiy. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling