Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Temir yo`l qurish. Rossiya katta hududni saqlab qolish, ozodlik kurashini
bostirish hamda jangovor kuchlarni etkazish uchun Turkistonda temir yo`l qurishga kirishdi. Rossiya Turkistonda temir yo`l qurishdan ko`zlagan maqsad va vazifalari: 1) harbiy maqsadni ko`zlagan edi; 2) Chegaralar bo`ylab mudofaa inshootlari qurish vazifasi turardi; 3) boyliklarni tashlab ketish zaruratidan iborat edi. 277 Dastlabki poezdlar harakati 1880 yil sentyabrda Mixaylova postidan Mullaqorgacha bo`lgan 26 km. temir yo`lda boshlandi. Mixaylova postidan Qizil Arvotgacha - 232 km. yo`l bo`yicha qatnov 1881 yil 20 sentyabrda ishga tushdi. Temir yo`l yana 1885 yil Axshobodga, 1886 yil Marv, Chorjuy va Amudaryogacha borib etdi va Qoraqum orqali Samarqandga tutashdi. 1898 yil Marv-Kushka, 1899 yil Farg’ona-Toshkent temir yo`li qurildi. Toshkent-Orenburg temir yo`li 1900- 1906 yy. qurildi. Orenburgga 2, Moskvaga 4 sutkada boriladigan bo`ldi. 1915 yil Buxoro-Qarshi, Termez-Qarshi, Shahrisabz-Kitob temir yo`li qurilgan. O`rta Osiyoda strategik yo`nalishlarda temir yo`l qurish tugallandi. Temir yo`l ijobiy hodisa bo`lsada, xalqning ahvoli o`zgarmadi; boylikni talon-taroj qilishga imkon berdi; paxtachilik tumanlari Rossiyadagi to`qimachilik markazlari bilan bog’landi; paxtaning hammasi temir yo`lda tashiladigan bo`ldi. Kazalinsk va Orenburg orqali o`tuvchi ilgarigi karvon yo`li ahamiyatini yo`qotdi. Farg’ona vodiysiga minglab kelgindi mujiklar joylashtirildi. «Siyosiy-harbiy sababga ko`ra» Kaspiyorti viloyati boshlig’i A.N.Kuropatkin mahalliy ishchilarni ruslar bilan almashtirishni talab qildi. U Harbiy Vazir bo`lgach (1898-1903) temir yo`ldan «g’ayriddinlarni bo`shatdi» va «saralab» ishga oldi. 1899 yildan turkistonliklarni gen. gubernator ruxsati bilan temir yo`lga olishga ko`rsatma berildi. Temir yo`lda ishlagan D.Manjara «mahalliy ishchilar soni O`rta Osiyo temir yo`lida 15% dan oshganini» - yozgan. Temir yo`l Rossiya uchun ruslashtirish jarayonini tezlashtirdi, Turkistonda Rossiyaga xizmat qiluvchi sanoat korxonalarining paydo bo`lishiga turtki bo`ldi. Dastlab, paxtani dastlabki qayta ishlash bilan bog’liq sanoat korxonalari tashkil etildi. Paxta tozalash zavodlaridan so`ng yog’, choy qadoqlash, aroq-vino tayyorlovchi korxonalar ham ishga tushdi. 1867-1900 yy. 175 ta sanoat korxonalari ishga tushirildi, barchasi paxta tozalash zavodlari edi. Yalpi sanoatining 80% paxtani dastlabki ishlash sohasiga to`g’ri keldi. Tayanch so`zlar: temir yo`l, Kazalinsk, Qizil Arvot, Avliyoota, rus qishlog’i, agrar, zavod. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling