Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
XIV-bob. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
XIV-bob. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar shakllanishi. 1-§. Turkistonda demokratik g’oyalar tarqalishi. Jadidlar harakati Paxta xomashyosiga bo`lgan ehtiyoj. XIX asr oxirlarida Rossiya sanoati jadal sur’atda kapitalistik munosabatlarga tortildi. Evropada yirik hisoblangan to`qimachilik markazlari Moskva, Ivanova, Ivanova-Voznesensk, YAroslavlda vujudga keldi. Rossiyada yollanma mehnatga asoslangan to`qimachilik sanoatining tez o`sishi Turkistonda paxta yakkahokimligining kuchayishiga olib keldi. Turkiston paxtasi Rossiyaga 1894 y. - 2600, 1904 y. - 6400, 1914 y. - 15500, 1916 y. - 17500 ming pud chiqarilgan. Eng katta paxta plantasiyalari Farg’onada bo`lib, rus burjuaziyasi XX asr boshlarida Farg’ona vodiysida 157 ta paxta tozalash zavodi qurdi. Rus burjuaziyasi mahalliy boylar, savdogarlar bilan sherikchilik asosida korxonalar qurishi kurtak holatdagi o`zbek burjuaziyasining vujudga kelishiga sharoit yaratdi. Rossiya 290 Turkistonda paxta yakkahokimligini ta’minlash asosida AQSH, Xitoy va Misr paxtasiga bo`lgan qaramligini bartaraf etishni ko`zladi. Turkiston paxtasi rus sanoati ehtiyojining 1880 yil - 25 % ini ta’minladi, birinchi jahon urushi arafasida (1914) – 50 % ga etdi. Amerika navli paxtani Turkistonda keng tarqatish tashabbuskorlari Belyakov, Raevskiy, Tarsin kabi plantatorlar bo`ldi. Eng katta plantasiya Katta YAraslavl manufakturasi (2750 desyatina) va Andreev xutori (Andijon yaqinida – 700 desyatina) ga tegishli edi. Paxtachilik Rossiyaning chet ellarga sarflaydigan 70 mln. oltin pulini tejash imkonini berdi. Rus savdo-sanoat burjuaziyasi daromad olish maqsadida ilm-fan egalarini, agronomiya va biologiya fani olimlarini Turkistonga safarbar qildi. 1884 yil Turkistonda tajriba-urug’chilik stansiyasi ochildi. 1907 yil Rossiyaning paxta mustaqilligi ta’minlandi. Paxta dalasi, paxta zavodi, to`qimachilik fabrikasidan iborat ishlab chiqarish majmuasi markaziy rayonlar temir yo`l orqali Turkiston bilan bog’langach (5-mln. pud paxta tolasi olib ketildi) yuzaga keldi. Paxtachilik bilan 30 dan ortiq katta savdo tarmoqlari shug’ullandi. Banklar paxta olish-sotish ishini qo`lga olib, bank kapitali bilan sanoat kapitali Turkiston paxta maydonlarida topishdi. Rossiya-Osiyo banki, Moskva savdogar va Davlat banklari, keyin Poltava va Nijegorod-Samara er banklari Turkiston paxtakorlarini qarzga botirdilar. Paxta savdosi bilan shug’ullanuvchi rus savdogarlari o`zlarining kompaniyalarini tuzdi. Kompaniya egalari pilla, teri, beda urug’i etishtirish sohalarini o`z nazoratiga ola boshladi. Eng katta kompaniya Vad’yaevlarning paxta-yog’ shirkati, 30 ta paxta zavodi bo`lib, qaysi korxona 1916 yil Ivanova- Voznesensk to`qimachilik manufakturasi ularga o`tdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling