Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Namoz botir» faoliyati.
- Namoz Pirimqulov
Toshkent inqilobiy qo`mitasi. Turkistonda ba’zi boshqaruv vakolatlari
1905 yil noyabr-dekabrda ishchi va askar noiblari Sho`rosi vazifasini o`tovchi temir yo`l stachka qo`mitalari qo`liga o`tdi. Bu davrda general Saxarov Turkiston general-gubernatori vazifasini bajaruvchi edi. Ish tashlash davomida Toshkent inqilobiy qo`mitasini odamlar «Vaqtli hukumat» deb atadi. 1906 yil fevralda RSDRP Turkiston tashkilotlarining 1-konferensiyasi (ta’sis) bo`ldi. RSDRP ning 293 Toshkent guruhidan saylangan «Ittifoq qo`mitasi» ga adabiyotlar nashr qilish va markaziy tashkilotlar bilan aloqa o`rnatish yuklatildi. Buxorodagi Rossiya imperatorligi siyosiy agentligining 1905 yil noyabrdagi nomasida rus ishchilari o`zbeklarni «buzayotgani» va Do`st Muhammad Ustaboev katta rol o`ynagani qayd etiladi. Toshkentning Jome’ masjidida 1905 yil 12 sentyabrda Toshkent shahar Dumasiga noiblar (glasniy) faqat boylardan saylanayotganidan norozilik chiqishi bo`ldi. 1905-1907 yy. voqealari rus mustamlakachilarini ular orasida birlik yo`qolib, o`zaro kurash boshlanganidan voqif qildi. Turkiston general-gubernatori 1906 yil yanvarda viloyat harbiy gubernatorlariga aholi kayfiyatini bilib turish va inqilobiy tashviqotga qarshi tashviqot o`tkazishni tavsiya qildi. Rus-yapon urushida (1904-1905) chorizmning engilishi va xarajatni qoplash uchun mustamlakalarni talashi yalpi norozilikka sabab bo`ldi. Peterburgdagi 1905 yil 9 yanvar’ «Qonli yakshanba» fojeasi chekka tumanlarni ham kurashga qo`zg’atdi. Rossiyadagi 1905 yil bahor, yoz va kuzidagi inqilobiy chiqishlar Turkiston dehqonlarini ham harakat maydoniga tortdi. Dehqonlar g’alayonlari 1905 yil fevral-aprelda volost va qishloq oqsoqollarini qayta saylash vaqtida ayniqsa keskin tus oldi. «Namoz botir» faoliyati. Kattaqo`rg’on uezdi boshlig’ining 1905 yil mayda Samarqand harbiy gubernatoriga yuborgan raporti uezdda «kuchaytirilgan muhofaza» muddatini uzaytirish, Turkistondagi ahvol ham Kavkazdagiga o`xshab borayotganiligi va yuqori tabaqaning yashashi xavfli bo`layotgani haqida edi. Qishloqda zo`ravonliklarga qarshi kurash Namoz Pirimqulovdek kurashchilarni etishtirdi. Bu nom Turkiston mustamlakachilik ma’muriyati va generallari uchun «xavf manbai» bo`lib qoldi. Xalq unga «Namoz botir» deb nom qo`ydi, General- gubernatorlik harbiy sud mahkamasi uni «Namoz o`g’ri» deb atadi. Namoz otryadi 1905 yil 10 mayda Kattaqo`rg’on yaqinida bozordan qaytayotgan boy va savdogarlar mol-mulkini musodara qilib kambag’allarga beradi. Namozni xalq hurmat qilishini va u afsanoviy qahramonga aylanganligini Samarqand harbiy gubernatori Gesket tan olgan. Namoz kurashning eng nozik 294 usuli – pistirmadan hujum qilish usulini qo`llab dushmanni dog’da qoldirgan. Kitob begi boshchiligidagi Buxoro amirining jazo otryadini Namoz tor-mor qilgach, amir general-gubernatordan yordam so`radi. Nomoz Xo`jaariq volosti boshqaruvchisi, sotqin Lutfulla Xo`jaevning xabari bilan 1905 yil kuzida Polov qo`shini tomonidan qo`lga tushirildi. Namoz va uning 50 ta sherigi turmadan qochib ketgach, u bilan Turkiston general-gubernatori Grodekov shug’ullandi. Mustamlaka ma’muriyati «Namoz»chilar orasiga ig’vogar josus SHirin Muhamedovni yubordi, u «namoz»chilar orasida ishonch qozondi. Namozga qarshi Turkiston kazak diviziyasi va Ural’sk kazak polki yuborildi. Turkiston general-gubernatori Namozni «tutish ishini tashkil etish» operasiyasiga Samarqand viloyat harbiy gubernatori yordamchisi polkovnik Susaninni tayinladi. Operasiya muvaffaqiyatini ta’minlash ishiga Buxoro amiri, rus armiyasi kavaleriya generali Said Abdulahadxon jalb etildi. General-gubernator mahkamasi 1907 yil martda Susaninga «Namoz operasiyasi» uchun qo`shimcha mablag’ ajratdi. 2-Ural’sk kazak polki komandiriga operasiya 1907 yil 28 mayda boshlanishini Gesket xabar qiladi. Namozning o`ldirilishi haqida 2 ta taxmin mavjud. Samarqand tumanboshisi yordamchisi Sokol’skiy va shtabs-kapitan Golov 1907 yil 3 iyundagi xabarnomasida Qobil va Kenja Aliqul o`rtoqlari bilan Namoz va Turkmanni o`ldirib Buxoroning Ziyovuddin bekligiga qarashli Toshquduq qishlog’i yaqiniga tashlab qochib ketgani haqida taxminni ilgari suradi. Buxoro amiri qushbegisi Ostonaqulbiy dodxoh bayon qilgan ikkinchi taxminda Turkman Ziyovuddin bekligining Enkichik degan joyida Namzni o`ldiradi, Qobil va Juma Turkmanni o`ldirib Namozning jasadini Kattaqo`rg’onga olib ketadi, deyiladi. Namzni o`ldirishda «o`rnak ko`rsatgan»lar 1907 yil 19 dekabrda Polvonariq mingboshisi kichik oltin nishon, Kalqo`rg’on mingboshisi, Polvonariq qishloq oqsoqoli va mirshablar kichik kumush nishon bilan taqdirlandi. 295 Tayanch so`zlar: Namoz botir, Ziyovuddin, Gesket, inqilob, plantasiya. Bir desyatina 1,09 gektarga teng. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling