Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
1916 yil qo`zg’oloni. Rus imperatori Nikolay II ning 1916 yil 25 iyun
farmoni «front orqasidagi xizmatlar uchun Turkiston, Sibir va Kavkazda 19 yoshdan 43 yoshgacha bo`lgan erkaklarni safarbar qilish» ni ko`zlagan edi. Farmonni bunday tarzda Turkistonga tadbiq etib bo`lmasligini sobiq harbiy vazir A.N.Kuropatkin va general Frolov tushungan edi. Farg’ona viloyati mardikor yuborish bo`yicha ancha engil majburiyat oldi, har 5 xonadondan 1 mardikor beradigan bo`ldi. Farg’onadan ko`p mardikor olish paxta tolasining kamayishiga va ustama foydaning pasayishiga zarar ko`rsatar edi. 1916 yil 2 iyulda Toshkentda o`tgan Oliy amaldorlar kengashida paxta yakkahokimligi o`z kuchini ko`rsatib, zarur ishchi kuchi miqdorinini saqlab qolish masalasi birinchi o`ringa chiqarildi. Mardikorlikka olish tartibi paxtachilik ekin maydonlarining 50 % ni tashkil qilgan rayonlarda belgilangan mardikorlarning 1/6 qismi, 25 % ni tashkil etgan joylarda 50 % olinadigan bo`ldi. Mardikorlar 306 ro`yxatini tuzishda quyi ma’muriyatning o`zboshimchaligi uchun Farg’ona viloyat harbiy gubernatori Gippius vazifasidan chetlatildi. Qo`zg’alon shohidi Masharif Husaynov xotiralarida 1916 yil qo`zg’alon tilga olinadi. Rus hokimiyati vakillarining noqobilligini o`lkada 40 yil yashab Samarqand harbiy gubernatori bo`lgan N.Likoshin ta’riflagan. Farg’onada 10 yil gubernator bo`lgan bosh shtab general-leytenanti A.Gippiusning «xalq ishonchini qozonish» va «podsho amrini tinch yo`l bilan bajarish» uchun qilgan barcha harakatlari zoe ketdi. U general-gubernatorga podsho farmonini Farg’onada qo`llab bo`lmasligini yozadi. Markaz Gippiusni farmonni buzishda va musulmonlarga yon bosishda ayblab vazifasidan bo`shatgach, uning o`rniga shovinist polkovnik P.Ivanov qo`yildi. 1916 yil yozidagi podshoning mardikor olish haqidagi farmoni xalqning noroziligini kuchaytirib yubordi. 4 iyulda Xo`jand shahrida va Samarqand uezdida norozilik namoyishlari boshlandi. Toshkent shahrida 11 iyulda g’alayon boshlandi. Toshkent qo`zg’olonini jazo qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Saviskiy va general Galkin bostirdi. Noroziliklar Rossiyaning asosiy paxtakor rayoniga aylantirilgan Farg’ona vodiysida tobora kuchaya boshladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling